So’nggi yangiliklar

14:00ПСЖ Чемпионлар лигасида рекорд 148,4 миллион ишлаб топди. Нега бунча кўп?   0 13:23"Насаф" ўз футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  7 13:13"Крус Асул" - КОНКАКАФ Чемпионлар кубоги ғолиби  2 12:44Танаффусдаги тараддуд. "Шўртан" назорат учрашувида ғалаба қозонди  0 12:20Искандар Шойқулов: "Кўп очко йўқотдик. Умид қиламанки, тез орада ҳаммаси жойига тушади"  0 11:55Жалолиддин Машарипов: "Ҳаддан ташқари ортиқча мотивация ўйинга халақит бериши мумкин"  14 11:30Ҳамдан ибн Муборак БАА олдига Ўзбекистонга муносиб қаршилик кўрсатиш талабини қўйди  12 11:15Ўзбекистон миллий терма жамоаси кўтаринки кайфиятда БАА билан ўйинга тайёрланмоқда  2 10:50"Барселона" "Арсенал" футболчиси билан музокараларни бошлади  6 10:22ПСЖ яна бир талант учун курашга қўшилди  4 09:53Гарначо фаолиятини АПЛда давом эттиришга қарор қилди  4 09:24ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни ижарага бериш керак"  11 08:55Футзал. Бугун Ўзбекистон кубогининг финал учрашуви бўлиб ўтади  0 08:20УEФА клублар рейтингини янгилади  29 07:57“Милан“ “Ман Сити“ қизиқаётган ҳимоячини сотиб олмоқчи  0

"Qo'qon-1912": Derbidagi ajoyib g'alaba Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Derbidagi ajoyib g'alaba

Teglar :  Qo'qon-1912Navbahor
O'zbekiston kubogi 1/8 finali dastlabki uchrashuvida "Qo'qon-1912" Namanganda "Navbahor"ni mag'lub etdi.

Uchrashuv kutilganidek, shiddatli hujumlar ostida boshlandi. Har ikki jamoa ilk daqiqalardanoq hujumkorlikka etibor berishdi. Ilk xavfli vaziyat maydon egalari darvozasi oldida sodir etildi. O'yinning 17-daqiqasida maydon egalari hisobni ochishga yaqin kelishdi. Aniqrog'i,Sardor Azimovga nisbatan himoyachilarimiz o'z jarima maydonimiz ichida qoida buzishdi. Hakam hech ikkilanmay 11 metrli nuqtaga ishora qildi.

Aleksandr Pishurning 11 metrlik nuqtadan tepgan to'pini Baklanov qaytarib qoldi. 20-daqiqada Furqat Hasanboevning jarima maydon chasiga oshirgan to'pini Alimov qiyinchilik bian bo'lsa-da “Navbahor” darvozasi sari zarba yo'lladi. Ammo Navro'zning zarbasiga aniqlik etishmadi. 38-daqiqada Bahritdinov jarima maydoni ichida “Qo'qon-1912” darvozasi tomon zarba yo'lladi. Lekin to'p noaniq ketdi. Birinchi bo'lim yakunlanishi arafasida maydon egalari hisobni ochish uchun qulay imkoniyat hosil qilishdi.  Rajabov boshi bilan Baklanov qo'riqlagan darvozaga zarba berdi. Ammo omad Anvardan biroz yuz o'girdi.

Birinchi taym shu hisob bilan yakun topdi. Ikkinchi bo'limni vakillarimiz faol tarzda boshlashdi. 55-daqiqa Navro'z Alimov jarima maydonchamiz yaqinida qoidani buzdi.  Anvar Rajabov ijro etgan jarima to'pini Baklanov qiyinchilik bilan maydon chetiga chiqarib yubordi. 69-daqiqada hisob ochildi. Mezbonlar Otabek Haydarovga nisbatan qo'pollik ishlatishdi. Jarima to'pini esa  Otabek Zokirov golga aylantirdi –  0:1.

79-daqiqada  Turg'unboev jarima to'pini ijro etganidan so'ng CHoy boshi bilan to'pni darvozaga joylashi mumkin edi. Ammo Baklanov jamoasini qutqarib qoldi. Umuman olganda, Andrey Baklanov butun uchrashuv davomida o'zining mahoratini namoyish etdi va g'alabaga katta hissasini qo'shdi.

SHu tariqa jamoamiz mavsumdagi ikinchi g'alabasini Namanganda qo'lga kiritdi.

Natijada O'zbekiston Kubogi nimchorak final doirasidagi birinchi urashuvida kichik hisobda g'alaba qozonib, chorak finalga chiqish uchun yaxshi imkoniyat hosil qildi.

Bu jamoalarning javob o'yini 21 may kuni Qo'qon shahrida o'tkaziladi.


O'zbekiston Kubogi

1/8 final

Birinchi uchrashuv

“Navbahor” – “Qo'qon-1912”  – 0:1 (0:0)

Hakamlar:
Z. Qodirov (Navoiy), R. Nugmanov (Toshkent), S. Eremeev (Toshkent), A. Raximov (Andijon)

Gol: Otabek Zokirov – 69.

“Navbahor”: 23. Alibek Turobov, 3. Aziz G'ulomxo'jaev, 4. Xayrullo Karimov, 7. Akram Baxritdinov (13. CHoy Xuyunyeon-57), 9. Dilshod Jabborov, 15. Obid Jo'raboev, 17. Vladislav Pavlenko, 18. Anvar Rajabov (48. Aziz Turg'unboev-65), 22. Sardor Azimov, 33. Tohir SHamsitdinov, 77. Oleksandr Pishhur (11. Mo'ydin Mamazulumov-72).

Zaxira. 25. Akmal Ortiqov, 2. Hasan Asqarov, 5. Nodir Mavlonov, 70. Alibobo Rahmatullaev.

“Qo'qon-1912”: 16. Andrey Baklanov, 4. Mirjalol Qurbonov, 6. Bahodir Akramov (33. Abdulaziz Yusupov-70), 7. Otabek Zokirov, 10. Otabek Haydarov, 11. Navruz  Alimov (17. Aziz To'xtaboev-89), 19. Sardor Qohorov (31. Oybek Nurboev-68), 20. Dostonbek Tursunov, 23. Furqatjon Hasanboev, 24. Ilya Ilin, 28. Abdulloh Olimov .

Zaxira: 21. G'ayrat Hasanov, 5. Jalil Kimsanov, 18. Azizxon Ibragimov, 22. Orif Mamajonov.

Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика