So’nggi yangiliklar

00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  4 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  3 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  42 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  33 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  4

"Qo'qon-1912" - "Cementchi" 3:0 Yangiliklar

"Qo'qon-1912" - "Cementchi" 3:0

Qo'qonda oliy va birinchi liga jamoalari o'rtasida nazorat uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Nazorat uchrashuvi. 

22.03.2015

“Qo'qon-1912” – “Cementchi” 3:0.

Qo'qon. “Markaziy” stadioni 5500 tomoshabin.

Hakamlar: Rustam Tolibjonov, Nodir Toshmatov, Qahramon Sobirov, Xondamir Usmonov (Qo'qon).

GOL: Sardor Eminov, 2. Asliddin Soipov, 31-avt. Nodirbek Qo'ziboev, 90.

“Qo'qon-1912”: 12.Aziz Ashurov (87.Ruslan Matniyozov, 46 ), 3.Xasanboy Ergashev (4.Qahramon Maxamadjonov, 46), 5.Jalil Kimsanov, 7.Izzat G'aniev (28.Aleksey Nikolaev, 46), 9.Nosir Otaqo'ziev (11.Azamat Tursunov, 72.), 10.Quvondiq Ro'ziev (8.Nodirbek Qo'ziboev, 56), 17.Aziz To'xtaboev (S) (19.Vladimir Argun, 46), 18.Sardor Eminov (6.Muhammadanas Hasanov, 74), 22.Orif Mamajonov (14.Avazxon Mamatxo'jaev, 62.), 23.Furqat Xasanboev (Maruf Zokirjonov, 63), 24.Ilya Ilin (27.SHoxruh Xolmatov, 73)

“Cementchi”: 42.SHerzod Abduraimov (1.Bahodir Yigitaliev, 70), 2.Akmali Rahimzoda, 4.Asliddin Soipov, 5.Abduxoliq Qurbonov, 6.Islom Hoshimov, 7.Umid Matmusaev (S) (15.Ulug'bek Ismoiljonov, 69), 8.Elyor Mamasoliev ( 18.Xojimurod Nasriddinov, 59), 9.Alisher Fayzullaev, 11.Rahmatullo Meliboev, 14.SHarif Mirzaev, 17.Rustam Abduhamidov. 

Zaxira: 3.Mamur Qosimov, 10.Elyor Akbarov,12.Jo'rabek Yoqubov, 13.Dilshod Eminov.




Uchrashuv yakunlandi. "Qo'qon-1912" yirik hisobda g'alaba qozondi!



Mazkur nazorat uchrashuviga 5500 nafar tomoshabin tashrif buyurgani malum bo'ldi. Tabiiyki bu Qo'qon axli katta futbolni sog'inganini ko'rsatib turibdi. 



90. GOOOLL!!! Qo'ziboev! Argun markazdan yangi hujum boshladi. Rossiyalik legioner to'pni oldinda turgan jamoadoshi Azamat Tursunovga oshirdi. Iqtidorli hujumchi bir raqibini ortda qoldirgan xolda, to'pni Qo'ziboevga oshirdi. Tajribali futbolchi imkoniyatdan unumli foydalanib o'yinga nuqta qo'ydi.  


Quvasoyliklar hujumkorlikni oshirmoqda.



81. Muhammadanas Hasanov chap qanotdan katta tezlikda oldinga tashlandi. Uning jarima maydoni ichiga oshirib bergan to'pini Azamat Tursunov bosh bilan darvozaga yo'llamoqchi bo'ldi. Ammo to'p to'sin ustidan o'tib ketdi.




Bu esa "Cementchi"ga qo'l kelishi mumkin. CHunki quvasoyliklar etiborini oldinga qaratmoqda.




78. "Qo'qon-1912" murabbiylar shtabi uchrashuvning qolgan daqiqalarida asosan yoshlarni sinovdan o'tkazadi.




64. Bizningcha bu liboslar bilan bog'liq xolat. Sababi 2-raqamli futbolchi almashtirilgandi.



62. "Cementchi" tarkibida o'yinchilar almashtirilmoqda. Ammo ayrim o'yinchilarning nomi qaydnomaga kiritilmagan. 




53. XAVFLI VAZIYAYAYAT! Ilya Ilin sal bo'lmasa jamoasining uchinchi golini kiritishi mumkin edi. Mamajonov tomonidan amalga oshirilgan burchak to'pidan so'ng himoyachi bosh bilan to'pni darvozaga yo'lladi. Ammo "Cementchi" himoyachisi to'pni qaytarib, xavfni bartaraf etdi.


Ikkinchi bo'lim boshlandi



45. Birinchi bo'lim yakuniga etdi. Tanaffus.



35. Qo'qonliklarning iqtidorli hujumchisi Doniyor Usmonov betobligi sababli bugungi o'yinni muxlislar qatorida kuzatmoqda.




31. GOOOOLL!!! Yana Eminov ushbu vaziyatda faollik ko'rsatdi. Sardorning jarima maydoni ichiga uzatgan to'pini Nosir Otaqo'ziev bosh bilan darvoza tomon yo'lladi. To'p "Cementchi" himoyachisi Asliddin Soipovga tegib darvoza to'ridan o'rin oldi. 




20. Stadionga tashrif buyurgan ishqibozlar soni tahminan 4000!



15. O'yin mezbonlarning ustunligi ostida o'tmoqda. 


2. GOOOOLLL!!! Eminov! "Qo'qon-1912" tezkor futbolchisi


Uchrashuv soat 16:00da boshlandi. 



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика