"Qo'qon-1912": “Bunyodkor” bilan o'yinga tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
14 noya 2015, 09:00
“Qo'qon-1912” jamoasi Oliy liga so'nggi tur uchrashuviga tayyorgarlikni boshladi.

“Bunyodkor” bilan o'yin 19 noyabr kuniga ko'chirilgach, tayyorgarlik rejasiga ham o'zgaritirish kiritildi. Aslida jamoa a'zolari bugun 14 noyabr kuni yig'ilishlari lozim edi.

Futbolchilar kecha soat 15:00da”Markaziy” o'yingohda mashg'ulotlarni boshlab yuborishdi. Mashg'ulotlarni Muhsin Nizomiddinov bilan birga Vadim Shodimatov va Aram Ananyanlar olib borishmoqda. Bugungi mashg'ulot soat 14:00da boshlanadi.

Jamoamizga so'nggi turda ham omad tilab qolamiz!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz