"Qo'qon-1912": Bolajonlarga prezident sovg'alari topshirildi
30 dek 2017 20:41
Yangiliklar
"Qo'qon-1912": Bolajonlarga prezident sovg'alari topshirildi
Kuni kecha talim maskaniga bolajonlarga atalgan “Prezident sovg'asi” etib keldi.

51-sonli talim muassasasida yangi yilga bag'ishlangan bayram tadbiri uyushtirildi. Tadbirda ota-onalar, mahalla faollari hamda “Qo'qon-1912” jamoasining murabbiy va futbolchilari ishtirok etishdi. Davlatimiz rahbarining bolajonlarga atalgan sovg'asi barcha bolajonlar va ularning murabbiylarini xursand qilib yubordi.

Sovg'alarni bolalarga o'zlari sevgan futbolchilari topshirishlari esa ularning xursandchiliklarini ikki hissa oshirdi. Tadbirda ishtirok etgan jamoamiz katta murabbiyi Aziz To'xtaboev hamda futbolchilar Jalil Kimsanov, Sobir Hamidovlar bolajonlarni yangi yil bilan qutlab, ulardan kelajakda vatanimiz ravnaqiga hissa qo'shadigan buyuk insonlar etishib chiqishiga umid bildirdilar.
Bayram bolajonlarning sho'x-shodon raqslari va qo'shiqlari bilan yanada fayzli o'tdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar