“Qo'qon-1912”: Bir qator futbolchilar bilan shartnoma imzolandi
06 fev 2017 17:09
Yangiliklar


“Qo'qon-1912”: Bir qator futbolchilar bilan shartnoma imzolandi
Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan “Qo'qon-1912” jamoasi bir necha kun oldin bir qator futbolchilar bilan shartnoma imzolagandi.
Bugun ham jamoamiz olti nafar futbolchi bilan bitim imzoladi.
O'tgan mavsumni “Buxoro”da o'tkazgan Ruslan Meleziddinov, mavsum-2016da “Paxtakor” sharafini himoya qilgan Andrey Sidorovlar bilan kelishuvga erishildi. Ushbu futbolchilar yangi mavsumni jamoamizda o'tkazishadi.
Bundan tashqari, o'tgan yili ikkinchi davrada “Qo'qon-1912” klubi sharafini himoya qilgan Darko Gojkovich, Nikita Ribkin, Suhrob Berdiev bilan ham yangi shartnomalar imzolandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar