So’nggi yangiliklar

21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  7 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  4 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  5 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1

"Qo'qon-1912": Bir kishi kam bo'lib "Paxtakor"ga yutqazdik Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Bir kishi kam bo'lib "Paxtakor"ga yutqazdik

Bugun jamoamiz Qibrayda 2017 yildagi birinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. No'mon Hasanov shogirdlarining raqibi – mamlakatimizning eng nomdor klubi “Paxtakor” bo'ldi.

Birinchi bo'limning 28-daqiqasida Suhrob Berdievning burchakdan oshirgan to'pini Jalil Kimsanov boshi bilan Lobanov darvozasiga joylab qo'ydi va hisobni ochdi.

Birinchi bo'lim yakunlanishi arafasida “Paxtakorchilar” javob to'pini kiritishdi. Igor Sergeev darvozabonimiz bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va vaziyatdan unumli foydalandi. Hisob 1:1.

SHuningdek, taym oxirida vakillarimiz bir kishi kam bo'lib qolishdi. Uchrashuvda hisobni ochishga muvaffaq bo'lgan Jalil Kimsanovga hakam ikkinchi sariq kartochkani va qizil kartochkani ko'rsatdi.

O'yinda “SHerlar” jangovor tarkibda harakat qilishganini takidlash joiz. “Paxtakor” safida maydonga tushgan ko'plab futbolchilar O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi sanalishadi. SHu bois vakillarimiz O'zbekiston terma jamoasi bilan o'ynadi deyish ham mumkin.

Birinchi taymda deyarli O'zbekiston milliy  terma jamoasiga qarshi juda yaxshi o'yin ko'rsatdik.

Toshkentliklar tarkibida ko'rikda bo'lib turgan serbiyalik himoyachi Mario Maslach asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Ikkinchi taymda toshkentliklar hisobda oldinga chiqishdi. “Paxtakor”ning ikkinchi goliga ham Sergeev mualliflik qildi.

“SHerlar” uchrashuvning ikkinchi qismining yarmida barcha futbolchilarni almashtirishdi. Bizning jamoada ham o'zgarishlar bo'ldi. Darvoqe, Maruf Zokirjonov yana jamoaga qaytdi. Maruf ikkinchi taymda maydonga tushdi.

Bugun Ibrohim Rahimov va Javohir Sidiqovlar sog'ligidagi muammolar sababli maydonga tushishmadi.

Qolgan daqiqalarda futbolchilarimizda bir qator vaziyatlar vujudga kelganiga qaramay, hisobni o'zgarita olmadik. Natijada bir kishi kam bo'lib “Paxtakor”ga kichik hisobda yutqazdik.

Nazorat uchrashuvi

“Paxtakor” – “Qo'qon-1912” – 2:1 (1:1)

Bosh hakam: Jasur Muxtorov.

Gollar: Igor Sergeev – 2 ta. – Jalil Kimsanov,

Paxtakor: Aleksandr Lobanov, Stanislav Andreev, Mario Maslach, Akbar Ismatullaev, Davron Hoshimov, Azim Ahmedov, Javohir Sohibov, Jaloliddin Masharipov, Jamshid Iskanderov, SHerzod Karimov, Igor Sergeev.

Qo'qon-1912: Aziz Ashurov, Jalil Kimsanov, Akmal Xolmurodov, SHoxrux Xolmatov, Oybek Rustamov, Avaz Mamatxo'jaev, Bahodir Akramov, Sobir Hamidov, Orif Mamajonov, Suhrob Berdiev, Nosir Otaqo'ziev.

Zaxira: Nikita Ribkin, Iqbol Malikjonov, Ismoil Oxunjonov, Muhammadanas Hasanov, Andrey Sidorov, Maruf Zokirjonov, Islom Abdullaev.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика