"Qo'qon-1912" besh nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Narzulla Saydullayev
24 iyul 2019, 16:23
Mavsumning ikkinchi qismiga Chirchiq shahrida tayyorgarlik olib borayotgan "Qo'qon-1912" jamoasi safida bir nechta futbolchilar ko'rikdan o'tishayotgani haqida ma'lumot bergan edik.

Bugungi kunga kelib jamoa murabbiylar shtabi ko'rigidan muvafaqiyatli o'tgan besh nafar futbolchi bilan shartnomalar imzolandi. Bulardan ikki nafari himoyachi, bitta yarim himoyachi va ikki nafari hujum chizig'i vakillari hisoblanishadi.

Himoyachilar Alisher Samatov, Doniyor To'lashev, yarim himoyachi Sobit Sindarov va hujumchilar Otabek Haydarov hamda Xamidillo Abduhamidovlar bundan buyog'iga "Qo'qon-1912" jamoasi sharafini himoya qilishadi. Sobit Sindarov hamda Xamidillo Abduhamidov jamoada ijara shartnomasi asosida to'p surishadi. Qolgan futbolchilar esa huquqiy jihatdan jamoa"Qo'qon-1912"ga tegishli bo'lishdi. Murabbiylar shtabi selekciya ishlarini davom ettirishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia