"Qo'qon-1912": "Andijon"ga qarshi bahsni Hasan Ro'ziev boshqarib boradi
06 apr 2015 18:00
Yangiliklar


"Qo'qon-1912": "Andijon"ga qarshi bahsni Hasan Ro'ziev boshqarib boradi
11 aprel shanba kuni, oliy liganing 4-tur o'yinlari boshlanadi.
"Qo'qon-1912" o'z maydonida "Andijon"ni qabul qiladi. Ushbu bahs joriy mavsum hisobidan jamoamizning o'z maydonidagi ilk rasmiy uchrashuvidir.
SHu bois 11 aprel kuni "Markaziy" stadionda chempionatning ochilish marosimi bo'lib o'tadi.
Professional futbol ligasi, hakamlar departamenti bo'limi "Qo'qon-1912" - "Andijon" uchrashuvini boshqarib boruvchi hakamlar guruhini malum qildi.
11.04.2015
Oliy liga, 4-tur
"Qo'qon-1912" - "Andijon"
Hakamlar: Hasan Ro'ziev (Toshkent), Olim Abduvasilov (Toshkent), A.Kalinin (Qarshi), Anatoliy Rubakov (Toshkent).
Nazoratchi: Alisher Abdullaev (Toshkent).
Eslatib o'tamiz uchrashuv soat 17:00da boshlanadi."Qo'qon-1912" matbuot xizmati.

Fikrlar