"Qo'qon-1912" : "Andijon" bilan o'yin 16:00da boshlanadi
09 apr 2015 11:33
Yangiliklar

"Qo'qon-1912" : "Andijon" bilan o'yin 16:00da boshlanadi
11 aprel kuni muxlislarni Qo'qonda yana vodiy derbisi kutib turibdi.
Bu safar "Qo'qon-1912" taqvimga ko'ra "Andijon"ni qabul qiladi. Mazkur uchrashuvning boshlanish vaqti malum bo'ldi. Unga ko'ra "Qo'qon-1912" - "Andijon" bahsi soat 16:00da boshlanadi. Ushbu o'yin qo'qonliklarning chempionatdagi ilk bahsi bo'lgani sababli "Andijon"ga qarshi uchrashuvdan oldin ochilish marosimi va o'ziga xos koncert bo'lib o'tadi.
Darvoqe, yoshlar ligasidan o'rin olgan mazkur jamoalarning bahsi ham Qo'qondagi "Markaziy" stadionda bo'ladi. Bu o'yin 15:00 da boshlanishi ko'zda tutilgan. Navbatdagi vodiy derbisiga chiqarilgan chiptalar deyarli tugab bormoqda. SHoshiling.
“Qo'qon” matbuot xizmati

Fikrlar