

Mavsumni birinchi davrasida jamoamiz safida harakat qilgan Bobur Sobirov, Usmonali Abdukarimov va Mustafo Abdumannopov rasman tark etishdi. Ushbu o'yinchilar va klub o'rtasidagi shartnomalar ikki tomonlama bekor qilindi.
Qo'qon-1912 jamoasi ushbu futbolchilarga klubdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirib, ularning keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qoladi,- deyiladigan qo'qonliklar matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan xabarda.



