So’nggi yangiliklar

21:50Футзал. Ўзбекистон ўртоқлик учрашувида Қозоғистондан устун келган ўйиндан галерея  0 21:25Суперлига. "Насаф" ўз майдонида "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  50 20:23"Ўзбекистон бу салоҳияти билан 3-4 маротаба Жаҳон чемпионатига чиқиши керак эди" — Қозоғистонлик журналист Ербол Каиров билан интервью   10 19:55Сульшер Европа жамоасида иш бошлаши мумкин  2 19:27"Барселона" ҳимоячиларидан бирига янги шартнома тайёрламоқда  1 19:01Манба: Германия клуби "Сўғдиёна" футболчисига қизиқмоқда  5 18:40Айбек Нурбаев: "Жайхун" футболчилари маҳаллий болалардан тузилган, аксарияти энди футболга қадам босган"  0 18:28Ўзбекистон футзал терма жамоаси Қозоғистон устидан ғалабага эришди  4 18:15Артём Петросян: "Бу ғалаба "Олимпик-MobiUz" билан ўйин олдидан руҳий томондан ишонч бағишлайди"  1 17:45Тимур Кападзе Патрик Клюйверт ўрнини эгаллаши мумкин  28 17:24Про лига. Аутсайдерлар тўқнашувида "Олимпик" устун келди  2 16:39"Интер" Англия терма жамоаси ҳимоячиси учун "Ливерпуль" билан курашмоқда  1 16:10Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияни мағлубиятга учратди  9 15:46Эксперт фикри. Суперлига 25-тур бошланмоқда. "Насаф" чемпионлик учун яна бир қадам ташлайдими?   6 15:20"Манчестер Юнайтед" афсонаси клубнинг ёзги трансфер кампаниясини танқид қилди  1

Qo'mita dadil va dangal bo'lishi kerak Yangiliklar

Qo'mita dadil va dangal bo'lishi kerak

"Qashqirlar makoni" serialini ko'pchilik ko'rgan bo'lsa kerak.

Qariyb 10 yil davom etgan ushbu serial o'z vaqtida "bomba" bo'ldi. Juda ko'pchilik tomosha qildi, reytinglarda birinchi o'rindan tushmadi. Bundan tasirlangan serial ijodkorlari "Qashqirlar makoni. Tuzoq"ni ham tasvirga olishdi. 

Xullas, shu serialda tomoshabinlarni chuqur o'yga toldiradigan, siz doim kimligini bilishga qiziqadigan "Kengash", "Qariyalar hayati", "Mason" kabi sirli tashkilotlar bor. Baribir yakunda ularning kimligini bilib olasiz, oxir-oqibat yuzlarini ko'rsatishadi. Lekin hozir gap bu haqda emas. 

Gap shundaki, bizning o'zbek futbolida ham "yashirin qo'mita"lar bor, biz ularni Tartib-intizom qo'mitasi, Etika qo'mitasi deymiz. Balki bu ikkalasi bittadir, balki alohidadir. Hammamiz O'FAni kim boshqarishi-yu, PFLda kim direktorligi, klublarda kim bosh murabbiy, hatto rahbarlari kimligigacha bilamiz. 

Lekin nimagadir shu Tartib-intizom, Etika qo'mitalarida kimlar ishlashini, rahbari kimligi, qachon yig'ilishi, qaysi payt masalalarni ko'rib chiqishini bilmaymiz. Rostdan sirli qo'mita. Klublar, murabbiylar, futbolchilarni jazolab, qarorlarini ommaga elon qilmaydigan qo'mita. 

Mayli, gap qo'mitaning rahbari kimligi-yu, qo'mita tarkibida kimlar borligida emas. Buning aslida unchalik qiziq tomoni ham yo'q. Sirli bo'lsa bo'la qolsin. Lekin hamma gap qo'mita qarorlarining oshkor qilinmayotganida. 

Masalan, 26 oktyabr kuni "Xyuistra, Sekeyra, Yo'ldosheva va Berdiev ishlari qo'mitalarga oshirildi" degan rasmiy xabar chiqdi. Piter Xyuistra Jizzaxdagi maydonni yomonladi, Mikael Sekeyra futbolimizdagi tizimni tanqid qildi, "Navbahor-W" qizlar jamoasi bosh murabbiyi Karima Yo'ldosheva o'yin tugamasdan futbolchi qizlarni maydondan olib chiqib ketgan, Ro'ziqul Berdiev esa Andijondagi o'yinda maydon ichigacha kirib borib, hakamga qattiq gaplarni aytgan. 

Bundan tashqari Jasur Hasanov gollandiyalik murabbiy shaxsiyatiga tegadigan gapni gapirgan, Umar Eshmurodov Bahodir Nasimovni yiqitgan, o'yindan keyin Ulug'bek Baqoev ham "mojaro"ga aralashgan. Xo'p, bularni bilamiz. Lekin qaror natijasi nima bo'ldi? Axir ommaga shu qiziq emasmi?

PFL sayti hozirgidek tezkor ishlamasa ham, avvalgi yillari Tartib-intizom qarorlari chiqib turardi. Kimning qancha muddatga chetlatilgani, qancha jarimaga tortilgani, xullas shu narsalar rasman berib borilardi. Hatto OFK ham o'z saytida OCHL va boshqa musobaqalarga doir qo'mita qarorlarini yoritib boradi. OFK kim nechta o'yinga chetlatilgani, qancha miqdorda jarima solingani va nima uchun shunday qarorga kelingani - hammasini ochiq aytadi.

Bizda esa "falonchining ishi" qo'mitaga oshirildi deyilyapti-yu, undan keyin nima bo'lgani, qanday qaror chiqqani va qanaqa jazo berilgani (yoki  berilmagani) haqida lom-mim deyilmayapti. Xo'sh, buni bilishga muxlislarning haqqi yo'qmi?

Qachongacha bu kabi xabarlar "Eshitdik-da" tarzida beriladi? "Bizga malum bo'lishicha", "Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra" - bunday gaplarning davri o'tmadimi? Qo'mita qaror chiqarganidan keyin bersin O'FA yoki PFL matbuot xizmatiga, xalq bilsin kimga qanaqa jazo berilganini, mana OFK qo'rqmay chiqaryapti-ku. Yoki bizda yopiqlik qozon yopiqligicha qolaveradimi?

Yaqin-yaqingacha biz hamma gapdan xabardor edik, nega hozir "yashirin" bo'lib qoldi?

P.S. Qo'mita o'z qarorlarini oshkor qilsinki, toki bu boshqalar uchun dars bo'lsin.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика