So’nggi yangiliklar

18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  2 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  1 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  9 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  2 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  4 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  6 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0

"Qo'lqoping eskirdimi? Mana, yangisi!" Yangiliklar

"Qo'lqoping eskirdimi? Mana, yangisi!"

BAA bosh murabbiyi Xorxe Luis Pinto atigi besh oylik faoliyatdan so'ng terma jamoa bilan xayrlashdi.

Arab davlatlari uchun bosh murabbiyni almashtirish cho't emas. Ular xohlasa bitta mag'lubiyatdan keyinoq murabbiyni ishdan olib tashlaydilar. Bu anchadan beri ro'y berib kelayotgan holat va barchamiz oddiy qarashga o'rganib qolganmiz.

Qizig'i shundaki, Xorxe Pinto BAA terma jamoasida birorta ham rasmiy o'yin o'tkazishga ulgurmadi. Uning qo'l ostida amirlik futbolchilari uchta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi: O'zbekiston va Bahrayndan mag'lubiyatga uchrab, Tojikiston mag'lub etildi. SHunday qilib BAA terma jamoasida yil boshidan beri ikkinchi bor murabbiy istefosi kuzatildi. Avvalroq serbiyalik mutaxassis Ivan Yovanovich bironta bellashuv o'tkazmasdan istefoga chiqarilgandi.

Faktlar shuni ko'rsatyaptiki, Xorxe Pinto BAA milliy terma jamoasi tashkil topgan yil - 1972dan beri bosh jamoada ishlagan 38-murabbiy ekan. Bu murabbiy terma jamoadagi vaziyatni o'zgartirish maqsadida taklif etilgandi. CHunki amirliklar JCH-2022 saralash bosqichida ko'ngildagidek ishtirok eta olishmayapti. Albatta, o'rtoqlik o'yinlari murabbiyning haqiqiy kuchini ko'rsatmaydi, lekin BAA futbol associaciyasini hatto o'rtoqlikdagi natija ham qoniqtirmadi.

BAA terma jamoasida birmuncha uzoq ishlagan murabbiy Mahdi Ali bo'ldi. Uning qo'l ostida terma jamoa 5 yil (2012 - 2017) o'ynadi. Bu vaqt ichida BAA termasi 2013 yil Ko'rfaz Kubogida zafar quchdi va Osiyo Kubogi-2015da yarim finalga qadar etib bordi. Mahdi Alidan so'ng murabbiylarni qo'lqopdek almashtirish boshlandi, terma jamoada kimlar ishlab ketmadi deysiz: Eduardo Bauzo, Alberto Zakkeroni, Bert van Marviyk, Ivan Yovanovich va Xorxe Pinto. Ko'rinib turibdiki, deyarli har yili terma jamoada murabbiy o'zgargan.

Bosh murabbiyni almashtirish bo'yicha BAAdan qolishmaydigan ana bir arab jamoasi bu - Saudiya Arabistoni. Saudiya Arabistoni milliy termasi tashkil topganiga 69 yil bo'ldi va shu paytgacha 29 nafar mutaxassis ishlab ketdi. Bu jamoa ikki bor - 1984 va 1988 yillarda Osiyo chempioni bo'lgan, shuningdek besh marta jahon chempionatida qatnashgan. Lekin saudiyaliklar uchun ham murabbiyni o'zgartirish xamirdan qil sug'irgandek gap.

Endi qarang, solishtirish uchun Germaniya terma jamoasida 1970 yildan beri faqat 8 nafar murabbiy ishlabdi, xolos. SHunday bo'ldiki, terma jamoani oxirgi 14 yildan buyon faqat bir murabbiy Yoaxim Lyov boshqarib kelyapti. Qoyil qolsa arziydi. O'rtacha hisobda Germaniya futbol federaciyasi har 6 yilda murabbiyni o'zgartirar ekan. Ha, bu o'rinda nemiz mexanizmiga tan bermay ilojimiz yo'q.

Italiya terma jamoasida oxirgi 50 yilda 16 murabbiy ish olib bordi. 50 yil ichida italyanlar ikki bor jahon chempioni bo'lishdi. Argentina terma jamoasida 1974 yildan 1990 yilgacha faqat ikki nafar murabbiy ishlagan: Sezar Luis Menotti va Karlos Bilardo. Har ikki mutaxassis 8 yildan ishladi va ikkalasi ham jahon chempionatida zafar quchdi.

BAA terma jamoasining navbatdagi bosh murabbiyi kim bo'ladi? Nomzodlar orasida "SHarja" klubi ustozi Abdulaziz Al Anbari va "Al Jazira" murabbiyi Marsel Keyzer qaralmoqda. Agar yangi keladigan murabbiy Parreyra, Zagallo yoki Mahdi Aliga havas qilsa, birmuncha uzoq ishlaydi. Lekin yangisini ham yaqinda istefoga chiqqan Pinto kabi terma jamoa tarixidan "izsiz" o'chib ketish kutib turgan bo'lishi mumkin. Xullas BAA va Saudiya Arabistoniga ish izlab borgan murabbiyni nima kutayotganini hech kim aniq ayta olmaydi.

SHu o'rinda savol tug'iladi: O'zbekiston terma jamoasini shu paytgacha nechta murabbiy boshqargan? SHuni aytishimiz mumkin, 1992 yildan to hozirgacha millatimiz bosh jamoasida 20 nafardan ortiq murabbiy ishlashga ulgurdi. 

Yana bir malumot: agar Germaniya terma jamoasini 2006 yildan beri faqat Lyov boshqarib kelayotgan bo'lsa, O'zbekiston terma jamoasida 2006 yildan buyog'iga ishlagan murabbiylar ketma-ketligi shunday ko'rinish olgan: Valeriy Nepomnyashiy - Rauf Inileev - Mirjalol Qosimov - Vadim Abramov - Mirjalol Qosimov - Samvel Babayan - Ro'ziqul Berdiev - Timur Kapadze - Ektor Kuper - Vadim Abramov.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика