So’nggi yangiliklar

10:25Осиё Кубоги-2011. Жепаров ва Шацкихнинг голлари Кувайт устидан ғалаба келтирган оқшомни ёдга оламиз  2 10:04"Интер Майами"нинг Албанинг ўрнига "Реал"нинг собиқ футболчини олиб келмоқчи  4 09:31"Истанбул Башакшехир" қишда РПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  3 09:00"Реал" ва "Барселона" Германия МТЖ ҳимоячиси учун курашмоқда  0 08:33ПСЖ "Барселона" футболчиси учун трансфер рекордни янгилашга тайёр  3 08:06МЮ Бруну бўйича бир қарорга келди  5 07:41Фабрицио Романо: "Ал Иттиҳод"нинг янги бош мураббийи маълум  0 01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  20 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  2 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  3 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  8 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1

"Qiziqarli fakt". Arsen Vengerni jarohatlashiga oz qolgan Habib Kolo Ture haqida Yangiliklar

"Qiziqarli fakt". Arsen Vengerni jarohatlashiga oz qolgan Habib Kolo Ture haqida

"Qiziqarli fakt" ruknining 2-soni "Championat.asia" sayti orqali etiboringizga havola qilinmoqda.

Bugungi qahramonimiz faoliyati davomida "Arsenal" (2002-2009), "Manchester Siti" (2009-2013) va "Liverpul" (2013-2016) kabi klublarda faoliyat olib borgan himoyachi Kolo Ture bo'ladi.

Kolo Turening ikki nafar ukasi ham professional futbol bilan shug'ullanishgan. Birinchisi "Barselona" va "Manchester Siti"dagi faoliyati bilan sizga yaxshi tanish bo'lgan Neneri Yaya Ture. Oilaning uchinchi farzandi Oyala Ibragim Ture esa "Nicca", "Metallurg" (Doneck), Suriya, Misr, Liviya va Livan klublari sharafini himoya qilgan. U 2014 yil (28 yoshida) saraton tufayli vafot etdi.

Bir paytlar "Manchester Siti" muxlislari aka-uka Kolo va Yaya Turelar haqida qo'shiq kuylashardi.

Kolo 2002 yil "Arsenal" safidagi ilk mashg'ulotida shu qadar jahd bilan harakat qildiki, dastlab jamoa hujumchisi Dennis Bergkampni jarohatlab, birozdan keyin "to'pchilar" bosh murabbiyi Arsen Vengerning oyog'iga ham zarba berdi.

 "Arsenal" uni 2002 yilda "ASEK Mimozas" klubidan 150 ming funt sterling evaziga xarid qilgandi. London klubi 7 yildan keyin uning transferidan 100 barobar ko'proq daromad qilgan. 

Kolo Ture "Arsenal", "Manchester Siti" va Kot d’Ivuar terma jamoasi sardori bo'lgan. 

"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Sesk Fabregasning eslashicha, u jamoadoshlarining xatolarini har doim "yumshoqlik bilan" tanqid qilgan. "Manchester Siti" safidagi mashg'ulotlardan birida esa Emmanuel Adebayor bilan yoqalashib ketgan.

Kolo Ture 2011 yilda doping-testidan o'tolmagani bois 6 oyga futboldan chetlatilgan edi.

Sobiq futbolchi islom diniga etiqod qiladi.

Darvoqe, u bugungi kunda "Lester" ustozi Brendon Rojersning yordamchisi hisoblanadi.

"Qiziqarli fakt". "Bunyodkor"ning braziliyalik murabbiyi haqida (1-son)

Faxriddin Ro'ziev

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика