So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  0 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  1 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  7 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  16 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

"Qizilqum" Turkiyada Ukraina klubini mag'lub etdi Yangiliklar

"Qizilqum" Turkiyada Ukraina klubini mag'lub etdi

Teglar :  QizilqumObolon
Kecha "Qizilqum" Turkiya yig'ini doirasida uchinchi nazorat uchrashuvini Ukrainaning “Obolon” klubiga qarshi o'tkazib, irodali g'alabaga erishishdi.

Antaliyadagi “IC Football center” majmuasida o'tgan mazkur bellashuvga murabbiylar shtabi avvalgi ikki bahsda maydonga tushmagan, kamroq o'yin amaliyotiga ega futbolchilarga imkon berishga qaror qilishdi.

Uchrashuv debyutidayoq "Qizilqum" gol o'tkazib yuborishlariga qaramay, keyinchalik tashabbusni o'zlari tomonga og'dirib olishdi. 40-daqiqaga kelib esa hisob tenglashdi. Raqib darvozasi oldida chamasi 20 metrlardan belgilangan jarima zarbasini Oybek Qilichev “jonli devor”dan oshirib darvoza to'riga yo'lladi. Raqib posboni to'pni nigohlari bilan kuzatib qoldi, xolos – 1:1.

Ikkinchi bo'limda har ikkala jamoa tarkibida bir qator o'zgarishlar kuzatildi. 52-daqiqada kievliklarning tezkor qarshi hujumidan keyin yana Makosin darvozasi ishg'ol etildi-1:2. SHunga qaramay "Qizilqum" asosiy etiborni hujumlarni samarali yakunlashga qaratdi va yakunda ikkita gol kiritib, irodali g'alabani tantana qildi. Zaxiradan maydonga tushgan Mate Vacadze ikki bor raqib darvozasini ishg'ol etishga erishdi. Qizig'i gruziyalik hujumchi har ikki golini burchakdan to'p uzatilgach, boshi bilan kievliklar darvozasiga aniq yo'llashning uddasidan chiqdi.

Mazkur bellashuvni "Qizilqum" quyidagi tarkibda o'tkazdi: Artyom Makosin, Oleg Tolmasov (Muhsin Ubaydullaev), Fayzulla Qambarov, Aziz Usmonov, Mirjalol Qosimov, Jasur Azimov, Jamshid Hasanov, Oybek Qilichev, Elguja Grigalashvili (Behruz Sadilloev), Georgi Kuxianidze, Qadamboy Nurmetov (Mate Vacadze).



Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика