So’nggi yangiliklar

09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  0 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  3 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  8 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3

“Qizilqum” Toshkentda “Bunyodkor”dan ustun keldi Yangiliklar

“Qizilqum” Toshkentda “Bunyodkor”dan ustun keldi

Teglar :  QizilqumBunyodkor
SHu kunlarda poytaxtimizda o'quv-mashg'ulot yig'inini davom ettirayotgan Navoiyning “Qizilqum” jamoasi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Unda konchilar mamlakat milliy chempionati peshqadami Toshkentning “Bunyodkor” futbolchilari bilan kuch sinashdi.

Unda murabbiylar ayni paytda ko'rikdan o'tayotgan bir qator futbolchilarni maydonga tushirdi.

Uchrashuvning dastlabki bo'limida Aleksandr Alimpievich hisobni ochdi. 19-daqiqada uning darvozadan chamasi o'n sakkiz metrlardan yo'llagan kuchli zarbasi darvoza to'ridan joy oldi.

Tanaffusdan so'ng, Hamidjon Aktamov rahbarlik qilayotgan “Qizilqum” futbolchilari maydonda tashabbusni o'z qo'llariga olishga urinishdi. Ketma-ket uyushtirilgan hujumlar o'z samarasini uzoq kuttirmadi. Avvaliga 61-daqiqada Vohid SHodiev o'zining sobiq jamoasi darvozasini ishg'ol etib, hisobni tenglashtirdi. So'ngra, hozirda navoiyliklar tarkibida ko'rikdan o'tayotgan SHukur Jumaboev muvaffaqiyat qozondi va “Qizilqum”ning g'alabasini taminladi - 1:2.

HAKAMLAR HUJJATIDAN KO'CHIRMA:

O'rtoqlik uchrashuvi

“Bunyodkor” (Toshkent) - “Qizilqum” (Navoiy) - 1:2 (1:0).

Toshkent. “Bunyodkor” futbol maktabi maydoni. 25 iyul.

Bosh hakam:
Vadim Agishev (Toshkent).

Gollar: Aleksandr Alimpievich (19), Vohid SHodiev (62), SHukur Jumaboev (81).

“BUNYODKOR”: Murodjon Zuhurov, Akmal SHorahmedov, Rustam Ashurmatov, Aleksandr Alimpievich, Sato Minori, Javlon Ibrohimov, Dostonbek Hamdamov, Zabihillo O'rinboev, SHohrux Gadoev, Akromjon Komilov, Yurica Bulyat.

Zaxiradan maydonga tushganlar:  Akbar To'raev, Anvar G'ofurov, Bahodir Nasimov, Hayrulla Karimov, Xurshid G'iyosov, Georgiy Pogosov, Jahongir Xo'janov, Suhrob Izzatov, Elbek Ravshanov, Farruh Ikromov, SHahzodbek Nurmatov.

“QIZILQUM”: Erkin Jabborov, Akmal Rustamov, Georgiy Kvesieshvili, Fayzulla Qambarov, Otabek Narzullaev, Erkin Boydullaev, SHerali Jo'raev, Bahriddin Vahobov, Ilhom Yunusov, Vohid SHodiev, Yovanovich.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Saidjon Hayitov, SHukur Jumaboev, Samandar SHodmonov, Nodirxon Kamolov, Eliyorjon Akbarov.

Eslatib o'tamiz, “Qizilqum” jamoasi mazkur Toshkent yig'ini doirasida bungacha “Qo'qon-1912” (3:2), “So'g'diyona” (2:0) hamda “Lokomotiv-BFK” (5:3) futbolchilari bilan o'zaro sinov uchrashuvlarida maydonga tushgandi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика