So’nggi yangiliklar

00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  2 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  4 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  3 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  31 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  3 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  5 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2 19:25Илк ўйинида уйига йиғлаб кетган, 15 ёшида терма жамоада дебют қилган ҳамда самолётда шуғулланган "Нефтчи" ҳужумчиси Сильванус Нимели билан яқиндан танишамиз  9

"Qizilqum" – "Paxtakor" o'yini sanasi o'zgardi Yangiliklar

"Qizilqum" – "Paxtakor" o'yini sanasi o'zgardi

Coca-Cola Superliga 12-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "Paxtakor" uchrashuvi 20 iyun kuni o'tkazilmaydi. Bu haqda PFL xabar berdi.

"Qizilqum" – "Paxtakor" uchrashuvi 23 iyun kuni bo'lib o'tadi. O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempionatining final uchrashuvida ishtirok etadi. Mazkur o'yinda bosh murabbiy Timur Kapadze "Paxtakor" futbol klubining uch nafar azosi xizmatidan foydalanishi mumkin: Hojimat Erkinov, Abbosbek Fayzullaev, Diyor Xolmatov. 

Reglamentga ko'ra, milliy va olimpiya termasiga uch va undan ortiq futbolchisini taqdim etgan klubda rasmiy uchrashuv sanasini o'zgartirishni so'rab, murojaat qilish huquqi mavjud. "Paxtakor" ayni vaqtda mana shu huquqdan foydalanadi.

Avvalroq "Paxtakor" Osiyo chempionati U-23 startiga qadar bo'lgan "So'g'diyona"ga qarshi bellashuvni ham boshqa muddatga qoldirishni so'rab murojaat qilgan, ammo bunda qita chempionatidan keyingi bahs borasida gap bo'lmagandi. Biroq Namanganda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogining saralash o'yini uchun ham "paxtakor"chilarning 5 nafar futbolchisi jalb qilingandi: Farruh Sayfiev, Odil Hamrobekov, Aziz Turg'unboev, Hojiakbar Alijonov, Sardor Sobirxo'jaev. Mazkur futbolchilarning ayrimlarida kichik jarohatlar borligidan kelib chiqib, "Paxtakor"ga olimpiya termasiga jalb qilingan futbolchilar xizmati ham zarur.

O'zbekiston Professional futbol ligasi mana shunday holat katta ehtimol bilan yuz berishini hisobga olgan holda "Qizilqum" – "Paxtakor" o'yinini bir necha kunga surish taqvimga katta tasir qilmasligi masalasini avvaldan rejalashtirgandi. Afsuski, "Olimpik" futbol klubi ketma-ket ikki turni o'tkazib yuborganidan kelib chiqib, uning navbatdagi o'yinlarini kechiktirish imkoniyati mavjud emas. Qolaversa, "So'g'diyona" futbol klubining OFK Kubogiga jo'nab ketayotgani ham taqvim tuzishda inobatga olinganini unutmaslik kerak", – deyiladi PFL xabarida.

12-tur uchrashuvlari jadvali

Olimpiya termasidagi "Paxtakor" o'yinchilari finalning ertasiga Navoiyda "Qizilqum" bilan o'ynaydimi?

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика