Qizilqum nazorat bahsida SHo'rtandan ustun keldi
19 fev 2014 22:49
Yangiliklar

Qizilqum nazorat bahsida SHo'rtandan ustun keldi
Xabaringiz bor, Qizilqum jamoasi azolari 5 fevraldan poytaxtimizda navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishgandi.
19 fevral kuni G'uzorning SHo'rtan futbolchilari bilan kechgan nazorat uchrashuvidan so'ng Toshkent yig'iniga yakun yasaldi.
Qizilqum va SHo'rtan jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini poytaxtimizdagi Obod stadionida o'tkazildi.
Bosh murabbiy Yuriy Lukin nazorat uchrashuvida quyidagi o'yinchilar xizmatidan foydalandi:
Artyom Makosin, Akmal Xoliqov, Fayzulla Qambarov, Asqar Muhiddinov, Akmal Rustamov, Sarvarjon Xolmatov, Farruh Haydarov, SHerali Jo'raev, G'ayrat Jumaev, Samandar SHodmonov, Navro'z Alimov.
Zaxiradan maydonga tushganlar:
Azizbek Usmonov, Alisher Xoliqov, Vladimir SHishelov, Jamshid SHohnazarov, Anvar Rahimov, Olimjon Yoqubov, Ruslan Sanaev, Aziz Mansurov.
Garchi, o'yinda konchilar katta ustunlikka erishgan bo'lsalar-da, ko'plab vaziyatlardan unumli foydalana olishmadi. Birinchi bo'limda umidli va istedodli hujumchi Navro'z Alimov tomonidan kiritilgan yagona gol Qizilqumga kichik hisobdagi g'alabani taqdim etdi - 1:0.
Navoiyliklar mazkur yig'in mobaynida ko'proq o'rtoqlik o'yinlari tashkil etib, jamoa tarkibini shakllantirishga etibor qaratishdi. Jumladan, Qizilqum futbolchilari Toshkentda sakkizta nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Konchilar Olmaliq (1:5) va Mashal (0:2) vakillariga imkoniyatni boy bergan bo'lsalar, Oqtepa (3:0), Navbahor (1:0), Neftchi (2:1), Andijon (1:0), SHo'rtan (1:0) jamoalaridan ustun keldi. Buxoro vakillari bilan o'tgan bahsda esa 1:1 hisobida durang qayd etildi.
Bungacha Qizilqum jamoasi Navoiyda dastlab Buxoroni (1:0), so'ngra So'g'diyonani (2:1) mag'lubiyatga uchratgandi.
Rejaga ko'ra, 20 fevraldan boshlab jamoa azolari uchun uch kunlik qisqa tatil elon qilindi. Konchilar 24 fevralda Navoiydagi o'z qarorgohlarida yig'ilishadi. Yakuniy yig'in maqomini olgan so'nggi o'quv-mashg'ulotlar doirasida mavsum boshlangunga qadar Qizilqum yana to'rtta o'rtoqlik o'yini o'tkazishni mo'ljallagan.

Fikrlar