So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  5 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  5 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  56 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  7 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

"Qizilqum" Navoiyda tayyorgarlikni davom ettirmoqda Yangiliklar

"Qizilqum" Navoiyda tayyorgarlikni davom ettirmoqda

Teglar :  Qizilqum
Yangi yil oldida qisqa tatilga chiqqan “Qizilqum” futbolchilari 8 yanvardan boshlab o'quv-yig'in mashg'ulotlarni boshlashdi.

Ayni kunda jamoa azolari Navoiy shahrida kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazishmoqda.

Jamoamiz tarkibidagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, o'tgan yili “Qizilqum”da to'p tepgan Otabek Zokirov,SHukurali Po'latov, Otabek Isroilov, Akram Bahriddinov va Ilhom Yunusov jamoa bilan xayrlashdi. Ayni paytda navoiylik futbol  ishqibozlariga yaxshi tanish bo'lgan Nemanya Yovanovich (Serbiya) va Grigoriy Kviseshvili (Gruziya) jamoamiz mashg'ulotlarida ishtirok etishmoqda. SHuningdek, “Neftchi”dagi yorqin o'yinlari orqali ishqibozlar etirofiga sazovor bo'lgan  posbon Evgeniy CHeremisin (Rossiya) ham “Qizilqum” ko'rigida bo'lib turibdi. Bundan tashqari, Eldor Boymatov (“SHo'rtan”), Sarvar Xolmatov (“Surxon”), Doniyor Usmonov (“Navbahor”), Navro'z Alimov (“Qo'qon-1912”), Alisher Sanoev  (“Buxoro”) singari futbolchilar ham jamoamiz tarkibida  shug'ullanmoqda. SHuningdek, o'tgan mavsumda o'rinbosarlar safida harakat qilgan iqtidorli mahalliy futbolchilar Suhrob Yarashev va Husniddin Fazliddinov asosiy tarkib azolari bilan birga. Jamoamizning tajribali legioneri turkmanistonlik Artur Gevorkyan yaqin kunlarda safga qaytadi. SHuningdek, yig'in davomida gruziyalik hujumchi ham jamoa tarkibiga kelib qo'shilishi kutilmoqda.

Futbolchilarimiz 25 yanvarga qadar tayyorgarlikni Navoiyda davom ettirishadi. So'ngra o'quv-yig'in mashulotlari poytaxtimiz Toshkentda o'tkaziladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика