So’nggi yangiliklar

22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  0 21:59Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф": Бензема ва Канте асосий таркибда!  11 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  5 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  4

"Qizilqum": Navoiyda havas qilsa arzigulik maydon Yangiliklar

"Qizilqum": Navoiyda havas qilsa arzigulik maydon

Mamlakatimizda millionlar o'yini - futbolni yanada rivojlantirish, ommaviyligini oshirish yo'lida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Oxirgi o'n yil ichida nafaqat poytaxtimizda, balki yurtimizning turli viloyat va shaharlarida bir-biridan ko'rkam stadionlar qad rostladi. Bunga har qancha havas qilsa arziydi.

Ammo barpo etilayotgan stadionlarning barchasida yashil maydonning holati maqtagulik emas. Bu borada poytaxtimizdagi “Lokomotiv”, Toshkent temiryo'l muhandislari instituti, “Paxtakor” kabi barmoq bilan sanoqli stadionlar futbol maydoni murabbiylar va futbolchilar etirofiga sazovor, albatta.

Xabaringiz bor, “Qizilqum” jamoasi uy uchrashuvlarini 2014 yilning 2 mayidan boshlab Navoiyda barpo etilgan “Yoshlar” sport majmuasida o'tkazib kelayotgan edi. Ammo oxirgi paytlarda ushbu sport inshooti futbol maydonining holati mutaxassislar etiroziga sabab bo'layotgandi.

Albatta, zamonaviy muhtasham stadionda maydon ham shunga munosib bo'lishi lozim. O'z oldiga kelajakda raqobatbardosh, kuchli jamoani shakllantirishni bosh maqsad qilib qo'ygan Navoiy viloyat hokimligi, viloyat futbol federaciyasi bu borada etiborli ishga qo'l urdi.

Amaldagi mavsumning birinchi davra uchrashuvlari yakunlangach, shaxsan viloyat hokimligi hamda viloyat futbol federaciyasi tashabbusi bilan “Yoshlar” sport majmuasi futbol maydoni chimini almashtirishga kirishilgandi.

Mahalliy xomiylar ko'magida uch oyda davomida keng ko'lamli bunyodkorlik va ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bu ishni amalga oshirish koreyalik mutaxassislar zimmasiga yuklatildi. Poytaxtimizda “Lokomotiv” hamda TTYMI stadionlari uchun yashil maydon barpo etib bergan IP OOO “RITA IVESTMENT” korxonasi mutaxassislari futbol maydoni chimini to'liq qayta barpo etish ishlarini boshlab yubordi.

Bugun “Yoshlar” sort majmuasida ishlar nihoyasiga etay deb qoldi. Stadionga kelga kishining amalga oshirilgan keng ko'lamli yumushlarni ko'rib bahri dili ochilishi shubhasiz.

- Reja bo'yicha stadion futbol maydoni sentyabr oyining oxirgi o'n kunligida tayyor bo'lishi lozim edi, - deydi IP OOO “RITA IVESTMENT” korxonasi vakili Igor Li. - Buning uddasidan chiqdik. Yashil maysalar deyarli futbol o'ynash uchun tayyor holatga keltirildi. Ammo kelajakni o'ylagan “Qizilqum” PFK rahbariyati bu maydonda yangi mavsumdan boshlab uchrashuvlarni o'tkazishni maqul topdi. SHu bois, shoshmasdan maydonni obdon bahslarga hozirlayapmiz.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика