So’nggi yangiliklar

00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  108 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  5 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  33 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  75 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  11 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1

"Qizilqum" mavsumni yirik g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

"Qizilqum" mavsumni yirik g'alaba bilan boshladi

Oliy liganing 1-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "So'g'diyona" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
YANGILASH

O'yin soat 17:00da boshlandi.

2-daqiqada mehmonlar dastlabki jarima zarbasini amalga oshirishdi. Muzaffarovning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi!

7-daqiqada maydonning o'ng qanotidan Mirjalol Qurbonov havolatib jarima maydonchasiga to'pni uzatdi. Himoyachilardan dadilroq harakat qilgan Bahriddin Vahobov raqib darvozasini ishg'ol etdi - 1:0.


11-daqiqa. Uchrashuv mezbonlarning shiddatli hujumlari ostida davom etmoqda. CHap qanotdan SHerali Jo'raevning jarima maydonchasiga uzatgan to'pini himoyachilar katta qiyinchilik bilan qaytardi.

12-daqiqa. Vyacheslav SHevchenkoning jarima maydonchasiga uzatgan to'pini Bahriddin Vahobov "So'g'diyona" jamoasi darvozasiga yo'lladi - 2:0.

16. "So'g'diyona" jamoasi azosi Muzaffarjon Muzaffarovning darvozadan chamasi 20 metrlar uzoqlikdan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq.

18. "Qizilqum" hamon tashabbusni o'z qo'lida ushlab turibdi. Derkachning kuchli zarbasi himoyachilardan biriga tegib qaytdi. Qaytgan to'pni SHevchenko darvozaga yo'llashda biroz shoshildi. Zarba noaniq.

22. Mezbonlar burchakdan to'pni o'yinga kiritishdi. "So'g'diyona" himoyachisi to'pni maydon tashqarisiga chiqazib yubordi. Aut..

23. Mehmonlar o'yinchisiga nisbatan Qambarov qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi.

30. Mirjalol Qurbonov maydonning o'ng qanotidan to'pni autdan o'yinga kiritdi. G'ayrat Jumaevning boshi bilan darvozaga yo'llagan zarbasini Mixail Naumov mahorat ko'rsatib ushlab oldi.

32. "Qizilqum" azosi Alisher Sanoev to'pni oldingi chiziqda harakat qilayotgan Vyacheslav SHevchenkoga etkazib berdi. Ammo bu vaziyatda yana Naumov o'zini ko'rsatib to'pni ushlab oldi.

35. Alisher Sanoev jarima to'pini amalga oshirildi. Havolatib jarima maydonchasiga uzatilgan to'p uchun kurashda SHevchenko darvozabon bilan to'qnashib ketdi.

37. "So'g'diyona"ning kam sonli hujumlaridan birini darvozabon Erkin Jabborov osonlikcha bartaraf etib, to'pni ushlab oldi.

39. Mehmonlar o'z jarima maydonchalari yaqinida o'yin qoidasini buzdi. Akmal Rustamovning kuchli zarbasini Mixail Naumov ushlab olishga muvaffaq bo'ldi.

45. Mirjalol Qurbonovning o'ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatgan to'pini himoyachi katta qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqazib yubordi.

- Birinchi bo'lim tugadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

46. Akbar Sattaev o'rniga Sobir Hamidov tushdi

47. Sobir Hamidovning mezbonlar darvozasiga yo'llagan zarbasidan so'ng to'p darvoza to'siniga tegib maydonni tark etdi.

55. Bosh hakam Hasan Ro'ziev maydon markazida Derkach to'pni ataylab qo'li bilan o'ynadi deb hisobladi va ogohlantirdi.

56. "So'g'diyona" yarim himoyachisi maydon markazida o'yin qoidasini buzdi va unga ham sariq kartochka ko'rsatildi.

62. Maydonning o'ng qanotida Anvar Rajabov jarima to'pini o'yinga kiritdi. Havolatib jarima maydonchasi ichkarisiga etkazib berilgan to'pga hammadan baland sakragan darvozabon Erkin Jabborov egalik qildi.

67. SHerali Jo'raevning chiroyli pasidan so'ng, Bahriddin Vahobov o'zining xet-trigini nishonladi - 3:0.

69. Alisher Sanoevning maydonning chap qanotidan jarima maydonchasi ichiga uzatgan to'pini Vyacheslav SHevchenko qiyinchiliksiz raqib darvozasi to'riga joyladi - 4:0.

71. Anvar Rajabovning pasidan so'ng Muzaffar Muzaffarov gol urdi - 4:1..

75. "Qizilqum" - "So'g'diyona" jamoalari uchrashuvini stadionning o'zidan 9781 nafar tomoshabin kuzatmoqda.

83. To'p uchun kurash asosan maydon markazida davom etmoqda. Tashabbus hamon mezbonlar tomonida.

87. Alisher Sanoev hamda Bahriddin Vahobov "devor" uslubida o'ynab jarima maydonchasiga kirib bordi. Alisher deyarli yakkama-yakka qolgan vaziyatda Naumov mahorat ko'rsatdi.

90. O'yin tugadi.


QIZILQUM – SO'G'DIYONA 4:1
14 mart 2015. Navoiy. "Yoshlar" stadioni. 17:00
Hakamlar:
H.Ro'ziev, O.Abduvasilov, S.SHoyusupov, E.Tursunov.
Nazoratchi: B.Galeev.

Gollar: Baxriddin Vahobov 7, - 1:0 (Mirjalol Qurbonov). Baxriddin Vahobov 15, - 2:0 (Vyacheslav SHevchenko). Bahriddin Vahobov 67, - 3:0 (SHerali Jo'raev). Vyacheslav SHevchenko 69, - 4:0 (Alisher Sanoev). Muzaffar Muzaffarov 71, - 4:1 (Anvar Rajabov)

Qizilqum: 1.Erkin Jabborov, 8.Akmal Rustamov, 9.Vyacheslav SHevchenko, 10.Bahriddin Vahobov (54.Boburjon Iskandarov, 87), 11.Alisher Sanoev, 14.Fayzullo Qambarov (50.Georgi Kvesieshvili, 75), 20.G'ayrat Jumaev, 21.Mirjalol Qurbonov, 23.SHerali Jo'raev, 33.Andrey Derkach (6.Farrux Haydarov, 79), 92.Azizbek Usmonov.

Zahira: 12.Artyom Makosin, 7.Jamshid SHohnazarov,24.Asqarjon Muhiddinov,26.Alisher Holiqov, .

So'g'diyona: 1.Mixail Naumov, 3.Ilhom Komilov, 4.Elyor Oripov, 5.Akbar Sattaev, 9.Anvar Rajabov (7.Sanjar Rashidov, 76), 13.Elyor Jahonov (29.Sanjar Rihsiboev, 73), 17.Muzaffarjon Muzaffarov, 20.Vusol Magerramov, 21.Akmal Abdurahmonov, 23.Bobir Qosimov, 24.Asiljon Begimqulov(sardor)

Zahira: 31.Mixail Spiridonov, 6.Sobir Hamidov, 8.Suhrob Qobilov, 19.Sardor Qahhorov, 22.Saydullo Rahmatov.

Ogohlantirishlar: Fayzulla Qambarov 23
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика