So’nggi yangiliklar

09:16МЮ ўтган йилнинг энг яхши дарвозабонига расмий таклиф билан чиқди  0 08:44"Манчестер Сити"да Гвардиоланинг илтимосига кўра 6 нафар футболчини тарк этиши мумкин  5 08:10"Пахтакор" яна бир футболчи билан келишувга эришди  3 07:38Эрон ОАВ. "Тракторсози" Ҳамробековнинг трансферига қанча тўлашини маълум қилди  2 00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  1 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  6 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  4 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  15 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1

"Qizilqum": Mag'lubiyat saboq bo'lishi shart Yangiliklar

"Qizilqum": Mag'lubiyat saboq bo'lishi shart

Teglar :  QizilqumSo'g'diyona
Oliy liga o'n oltinchi turidan joy olgan So'g'diyona - Qizilqum jamoalari bahsida mezbonlar yirik - 4:1 hisobida g'alaba qozondi.

Bu mag'lubiyat navoiylik muxlislarni juda ranjitdi. Bugun, aniqrog'i, 3 avgust ertalab Navoiyda "Qizilqum" PFK Tasischilar kengashining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda "Qizilqum" jamoasi bosh menejeri ham ishtirok etdi.

Yig'ilishda navoiyliklarning mazkur kutilmagan yirik hisobdagi mag'lubiyati xususida so'z bordi. "Konchilar"ning milliy chempionatda munosib ishtirok etishi uchun Navoiy viloyati futbol federaciyasi, viloyat hokimligi va xomiylar tomonidan zarur barcha shart-sharoitlar yaratib berilayotganligiga qaramay, jamoaning ikkinchi davra uchrashuvlarini muvaffaqiyatsiz boshlaganligi jiddiy tanqid qilindi.

Yig'ilish qaroriga ko'ra, klub bosh menejeri ogohlantirildi. Jizzaxda qayd etilgan yirik mag'lubiyatdan tegishli xulosalar va saboq chiqarilishi zarurligi alohida takidlandi. Uchrashuvda o'z ishiga sovuqqonlik bilan yondoshganligi tufayli murabbiylar shtabi hamda salbiy natijani qayd qilganligi bois jamoa azolari moddiy jarimaga tortildi. Bu jarima miqdori bir oylik ish haqi miqdorida etib belgilandi. Agar yana shu kabi salbiy natijalar takrorlanadigan bo'lsa, bundan-da jiddiy choralar ko'rilishi takidlab o'tildi.

Eslatib o'tamiz, "Qizilqum" - "So'g'diyona" jamoalarining dastlabki davraning birinchi turida Navoiyda kechgan bahsida konchilar yirik - 4:1 hisobida zafar quchishgandi.

Navbatdagi turda "Qizilqum" futbolchilari Toshkentda "Bunyodkor" jamoasi mehmoni bo'ladi. Uchrashuv 7avgust kuni soat 19.00 da "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика