Qizilqum ikkinchi o'yinda Buxoro bilan durang o'ynadi
07 fev 2014 23:24
Yangiliklar

Qizilqum ikkinchi o'yinda Buxoro bilan durang o'ynadi
Ayni paytda Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazayotgan “Qizilqum” futbolchilari 7 fevral kuni navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdilar.
Bu gal Buxoro jamoasi navoiyliklar raqibi bo'ldi.
Poytaxtimizdagi Obod stadionida kechgan bahsda kuchlar teng keldi - 1:1. Dastlab birinchi bo'limda Vladimir SHishelov hisobni ochgan bo'lsa, tanaffusdan so'ng, Suhrob Nematov buxoroliklarni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
Uchrashuvda navoiyliklar sezilarli ustunlikka ega bo'lishdi. Ayniqsa, birinchi bo'limda Qizilqum vakillarida golga tortadigan 4-5 ta vaziyat yuzaga keldi. Ammo ulardan unumli foydalana bilishmadi.
Bosh murabbiy Yuriy Lukin Buxoroga qarshi uchrashuvda quyidagi futbolchilar xizmatidan foydalandi:
Artyom Makosin, Akmal Rustamov, Abduvali Mo'minov, Mirjalol Qurbonov, Asqar Muhiddinov, G'ayrat Jumaev, Farruh Haydarov, Eldor Boymatov, Samandar SHodmonov, Ruslan Vagapov, Vladimir SHishelov.
Zaxiradan maydonga tushganlar:
SHerali Jo'raev, Jamshid SHohnazarov, Fayzulla Qambarov, Aziz Usmonov, Ruslan Sanaev, Aziz Abdullaev, Navro'z Alimov.
Jarohati tufayli Akmal Xoliqov uchrashuvda maydonga tushmadi. Erkin Jabborov, Sarvarjon Xolmatovlar esa individual shug'ullandi.
Yangiliklar xususida to'xtalsak, o'z vaqtida mamlakatimizning bir qator klublari va milliy terma jamoamiz darvozasini qo'riqlagan Anvar Jabborov Qizilqum murabbiylar shtabida ish boshladi.
Toshkent yig'inigacha futbolchilardan Mirjalol Qurbonov (Guliston), G'ayrat Jumaev (Neftchi), Ruslan Vagapov (Metallurg), Samandar SHodmonov (Nasaf), SHerali Jo'raev (Olmaliq), Alisher Sanoev (Buxoro), Vladimir SHishelov (Metallurg-Kuzbass Novokuzneck, Rossiya), Azizjon Abdullaev (Zarafshon)lar bilan shartnomalar imzolangan edi.
Kuni kecha jamoa mashg'ulotlariga o'tgan yilgi mavsumni G'uzorning SHo'rtan klubi sharafini himoya qilgan Abduvali Mo'minov kelib qo'shildi. Uning navoiyliklar tarkibidan joy olishi Toshkent yig'inidan so'ng aniq bo'ladi.
Rejaga muvofiq, konchilar navbatdagi sinov-nazorat uchrashuvini 9 fevralda o'tkazadi. SHu kuni Qizilqum futbolchilari birinchi liga vakili - Oqtepa jamoasi bilan kuch sinashadi. Uchrashuv soat 11.00 da Oqtepa stadionida boshlanadi.

Fikrlar