"Qizilqum" futbolchilari ikkita maktab o'quvchilarga "master-klass" namoyish etib berishdi
20 jan 2021 16:45
Yangiliklar


"Qizilqum" futbolchilari ikkita maktab o'quvchilarga "master-klass" namoyish etib berishdi
Tashrifda bugungi kunda "Qizilqum" PFK jamoasida to'p surayotgan futbolchilari A. Makosin, F. Qambarov, Q. Nurmetov, X. Olimov, R. Veklich, S. Mustafoev, M. Ubaydullaev, J. Azimov va J. Hasanovlar ishtirok etishdi.
Tashkil etilgan uchrashuvlarda futbolchilarga "Qizilqum" PFK bosh murabbiyi X. Aktamov, sport direktori F. Nurullaev, marketing bo'limi rahbari Z. Rizaev, muxlislar bo'limi rahbari SH. Ishnazarov, "Qizilqum" kids murabbiyi G'. Jumaev hamda Navoiy viloyati futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti O. Jumaevlar boshchilik qilishdi.
Tadbir davomida futbolchilar o'quvchilarga "master-klass" namoyish etishib, futbol sport turiga qiziqadigan yoshlarning bir qator savollariga javob berishdi.
Uchrashuvlar so'ngida maktablarga "Qizilqum" PFK tomonidan sovg'alar topshirildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar