So’nggi yangiliklar

21:00Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" (матнли трансляция)  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  17 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" 1:2 (матнли трансляция)  3 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3

"Qizilqum" bosh murabbiyi - qura, "Lokomotiv" va "Saraevo"dan uchralgan mag'lubiyat haqida Yangiliklar

"Qizilqum" bosh murabbiyi - qura, "Lokomotiv" va "Saraevo"dan uchralgan mag'lubiyat haqida

Kecha Superliganing 2022 yilgi mavsumiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Superligadagi barcha 14 jamoa o'z raqiblarini bilib olishdi. Navoiyning "Qizilqum" jamoasini dastlabki turda Toshkentning "Lokomotiv" klubiga qarshi to'qnashuv kutib turibdi. Aftidan bu bahs markaziy maqomni olmasligi mumkindir. Lekin ikki jamoa azolari uchun o'ziga hos qiziqarli o'tishi shubhasiz. 

Nima uchun deysizmi? Bugungi kunda "Qizilqum" tarkibining katta qismini sobiq "temiryo'lchilar" tashkil qiladi. Javohir Ilyosov, Temurxo'ja Abduholiqov, SHuhrat Muhammadiev, Bobur Yo'ldoshev, Ignatiy Nesterov, Sanjar SHoahmedov, Islom To'xtaxo'jaev, Oleg Zoteev, Salim Mustafoev. Xo'sh, jamoa bosh murabbiyi Nikola Lazarevichnig bu boradagi fikrlari qanday?

"SHaxsan menda "Lokomotiv" haqida etarlicha malumotlar bor. Nafaqat mavsumdagi ilk uchrashuvga, balki hamma o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Mavsum uzoq davom etadi. Birinchi turni g'alaba bilan boshlash yoqimli bo'ladi. Tarkibimizda avval "Lokomotiv"da o'ynagan futbolchilar o'ynamoqda. Ko'ramiz, kuzatamiz. "Saraevo" bilan o'yinga kelsak, biz yangi narsani sinovdan o'tkazib ko'rdik. SHuningdek, jismoniy jihatdan hali to'liq formada emasligimiz sezildi. Mashg'ulotlarda ko'proq shuning ustida ishlamoqdamiz. Buni o'zingiz ham ko'rdingiz", - deydi serbiyalik murabbiy.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика