“Qizilqum” ayrim futbolchilar bilan xayrlashdi
22 dek 2015 18:05
Yangiliklar


“Qizilqum” ayrim futbolchilar bilan xayrlashdi
Navoiyliklar mavsum yakuniga etgach ayrim futbolchilar bilan xayrlashishga qaror qildi.
Klub rahbariyatining xabar berishicha, bu yil “Qizilqum” sharafini himoya qilgan Navro'z Alimov, Viktor Klishin, Doston Abdurahmonov bilan hamkorlik to'xtatilgan. Aytish lozimki, Alimov xuquqiy jihatdan “Paxtakor” futbolchisi hisoblanadi. SHu bois u yana toshkentliklar safiga qaytgan. Abdurahmonov esa sobiq klubi “Olmaliq” yig'inida ishtirok etayotgani aytilayotir.
SHuningdek tajribali himoyachi Asqar Muhiddinov bilan taniqli hujumchi Alisher Xoliqovning “Qizilqum” bilan tuzgan shartnomasi nihoyasiga etgan. Katta extimol bilan ushbu futbolchilar ham jamoa bilan xayrlashadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar