“Qizilqum” Antaliyaga etib bordi. Jamoa bugun ilk nazorat uchrashuvini o'tkazadi
29 jan 2021 09:40
Yangiliklar


“Qizilqum” Antaliyaga etib bordi. Jamoa bugun ilk nazorat uchrashuvini o'tkazadi
Avval xabar qilinganidek, yangi mavsumga tayyogarlikning ikkinchi bosqichini Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkazadigan navoiyliklar belgilangan manzilga etib borishdi.
Ertalab Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan Antaliyaga parvoz qilgan jamoa kecha tushdan keyin Antaliyadagi “Asteria” mehmonxonasiga joylashdi va shu kechga yaqin mehmonxonaga qarashli futbol maydonida ilk mashg'ulotlarni ham o'tkazdi.
Eslatib o'tamiz, ikki hafta davom etadigan xorij yig'ini doirasida "Qizilqum" futbolchilari beshta nazorat uchrashuvida maydonga tushishadi.
Navoiyliklar ilk nazorat uchrashuvini 29 yanvar kuni Vladikavkazning “Alaniya” jamoasiga qarshi o'tkazadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
“Qizilqum” klubi matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
13:31
Nikola Lazarevich KXDRga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi 3

Fikrlar