Qizil kartochka olganidan keyin futbolchi hakam yordamchisini tepib tashladi
12 jan 2020 15:23
Yangiliklar
Qizil kartochka olganidan keyin futbolchi hakam yordamchisini tepib tashladi
Malta 2-divizioni doirasida "Oratori Yus" va "Sannat Layons" jamoalari ishtirokidagi uchrashuv yakunlanmay qoldi.
Bunga sabab sifatida "Sannat" futbolchisi Antuan Kamilleri bosh hakam yordamchisiga hujum qilgani aytilmoqda.
Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida Kamilleri ikkinchi sariq kartochkasini oldi va maydondan chetlatildi. Futbolchi bundan norozi bo'ldi va maydon tashqarisiga chiqib ketayotganda yordamchi hakamni bir necha bora tepib tashladi.
Malta futbol associaciyasi ayni damda "Sannat Layons" futbolchisining ishlarini o'rganib chiqmoqda.
Fikrlar