So’nggi yangiliklar

02:00Ла Лига. "Барселона"нинг ғалабали серияси 8-ўйинга келиб якунланди, "Осасуна" Каталония жамоасига 4та гол урди  122 01:25Давид Сильва: "Футбол роботлашиб қолди, иқтидорларда эркинлик кам. Бугун тики-такани кўриш қийин"  0 00:10Эрон чемпионати. "Фулад" ва Юсупов ўз уйида "Зоб Ахан"дан устун келди  1 00:00РПЛ. "Акрон" меҳмонда "Ростов"дан устун келди, Шерзод Эсанов эса...  2 23:40Бундеслига. "Бавария" ва "Байер" ўртасидаги марказий ўйинда дуранг қайд этилди  3 23:30АПЛ. Салоҳнинг голи "Ливерпуль" меҳмонда "Вулверхэмптон" устидан ғалабани тақдим этди  4 23:03Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда мағлубиятга учради, Алиқулов 90 дақиқа ҳаракат қилди  1 22:57А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Женоа"ни йирик ҳисобда таслим этди  3 22:33Карло Анчелотти: "Атлетико" кучлироқ бўлди, улар "Реал" ва "Барселона" билан чемпионлик учун курашишади"  0 22:00Лига 1. "Ланс" ўз майдонида "Ницца" билан дуранг қайд этди, Ҳусанов доимгидек ўйиннинг энг яхши ўйинчиси бўлди  15 21:34Илёс Зейтуллаев: “Дуранг биз учун жуда қониқарли натижа эмас”  6 21:26Рўзиқул Бердиев: “Биринчи голдан сўнг эътиборсизликка йўл қўйдик”  13 21:14АПЛ. "Арсенал" "Лестер"га қарши ўйинда 90+2 ва 90+9 дақиқаларда урган голлари эвазига ғалабага эришди  8 19:59Палмер рекорд ўрнатди  12 19:39"Реал" собиқ ҳужумчиси: "Ямаль келажакда буюк футболчилардан бирига айланиши мумкин"  7

Qitani titratgan Islandiya yoxud xaloskor sportning mo'jizakor qudrati Yangiliklar

Qitani titratgan Islandiya yoxud xaloskor sportning mo'jizakor qudrati

Teglar :  Islandiya
Evropa chempionati nihoyasiga etdi va unda Portugaliya terma jamoasi g'alaba qozondi.
Ammo musobaqa davomida portugallardan ham ko'proq tilga tushgan jamoalar bo'ldi - Uels, Islandiya... Ayniqsa islandlar Evro-2016 tarixida alohida o'z o'rniga ega bo'lib qoladilar. Axir aholisi 300 ming bo'lgan choqqina davlat butun boshli qitani titratadi-yu, tarixda qolmaydimi?

Islandiya - mantiqan o'ylab qaralsa futbol rivoji uchun mutlaqo to'g'ri kelmaydigan joy. Bu erda qish sakkiz oy davom etadi. Mudom qor kechib yuriladigan mamlakatda futbolni rivojlantirish haqida o'ylashning o'zi kulgili, albatta. Ammo Islandiya buning aksini isbotlay oldi. Qanday qilib?

Aslini olganda, Islandiyada sportga bo'lgan etibor o'tgan asrning 90-yillari o'rtalarida kuchaydi. Ammo butun mamlakat bo'ylab sport inshootlari qurilar ekan, futbolni rivojlantirishdan ham ko'ra, boshqa narsa haqida ko'proq bosh qotirildi. Gap shundaki, o'sha vaqtlarda island yoshlari o'rtasida tamaki, alkogol va narkotik moddalarga qattiq ruju qo'yilgan edi. Mamlakat mavjud vaziyatda qutqaruvchi rolida aynan sportni ko'rdi. SHu maqsad yo'lida katta islohotga qo'l urishdi - 8 ta yirik sport majmuasi qurildi. Usti yopiq inshootlarda futbol maydonidan tortib, basseyngacha bor edi.



Bundan tashqari, Reykyavik shahri meriyasi g'alati tadbirga qo'l urdi. Unga ko'ra, maktab o'quvchilari yaxshi xulqi va alo baholari uchun maxsus yorliqlar bilan taqdirlana boshladilar. Qizig'i shundaki, ushbu yorliqni bemalol sport do'konlarida istalgan narsaga almashtirish mumkin edi. Qiymatidan kelib chiqib, albatta. Xohlang to'p oling, xohlang sport libosi. Muhimi, alkogol va tamakidan uzoq yursangiz bo'lgani.

Natija esa o'zini ko'p kuttirmadi, mutaxassislar tahliliga ko'ra, 1998 yilda 15-16 yoshda bo'lgan islandiyaliklaring 46 foizi alkogolli ichimliklarni tatib ko'rishga ulgurgan edilar. O'ylab ko'ring, axir bu dahshat-ku! Har ikki bolaning biri mast holatda bo'lishini o'ylab ko'ryapsizmi? Islandiyani bu dahshatdan sport qutqardi - 2012 yilga kelib bu ko'rsatkich 5 foizga tushdi. SHuningdek, o'sha yillarda island o'smirlarining 23 foizi tamaki chekishni ham boshlab yuborgandilar. Hozir adashgan yoshlar ulushi 3 foizni tashkil etadi. Narkotik moddalar bo'yicha vaziyat ham ancha yaxshilandi, agar 1998 yilda 15-16 yoshli o'smirlarning 17 foizi giyohvand moddalarni tatib ko'rgan bo'lsa,  hozir adashganlar ulushi 3 foizni tashkil etadi.

Eng qizig'i, o'tgan vaqt oralig'ida butun mamlakat bo'ylab alkogolli ichimliklar savdosi 33 foizga kamaydi. Islandiya terma jamoasining Evropa chepionatidagi g'olibona yurishidan so'ng bu ko'rsatkich yanada ijobiy ko'rinish olishi turgan gap. Birgina futbol butun boshli mamlakatni qay darajada o'zgartirib yuborganini tasavvur qilyapsizmi?

Biz bu gaplarni nimaga yozmoqdamiz? Xudoga shukur, bizning yoshlarimizga turli illatlar bu qadar jiddiy xavf solmaydi. Bizning tarixiy qadriyatlarimiz, milliy ananamiz va ruhiyatimizga ular begona. Boz ustiga, yurtimizda, sportga bo'lgan etibor ham yuqori darajada. Yirik-yirik o'yingohlar ishga tushgan, deyarli har bir tumanda yangi sport majmualari­ qurilmoqda yoki borlari tamirdan chiqarilyapti. Bu yo'nalishda olib borilayotgan ishlar, darhaqiqat, taxsinga sazovor. Islandiyadan aslo qolishadigan joyimiz yo'q. Ammo shu o'rinda bir savol yuzaga kelishi ham turgan gap - nima uchun mana shunday keng qamrovli say- harakatlarning samarasi ko'rinmayapti? Qachon bizning terma jamoamiz ham arzirli natijaga erishadi? Axir Islandiyada islohotlar boshlangan vaqtda biz ham bolalar sportiga katta etibor qarata boshlagan edik-ku? Biz emasmi, o'sha 90-yillarda qatorlashtirib inshootlar qurgan, uch bosqichli musobaqalarni yo'lga qo'ygan va izchil davom ettirayotgan. Ammo qani natija? Nima uchun biz Olimpiadalarda yuqori o'rinlarda turmaymiz? Yoki terma jamoamiz jahon chempionatlarining muntazam ishtirokchisi emas?

Aslida bu muammolarning ko'lamini hammamiz yaxshi bilamiz. Muammoning ildizi shundaki, biz mavjud sharoitdan foydalanishdan ko'ra u haqida gapirishni ko'proq maqul ko'ramiz. Stadionlar qurilyaptimi - qurilyapti. SHaroitlar yaratilyaptimi - yaratilyapti. Bo'ldi, shuni madh etish bilan kunimiz o'tadi. O'sha stadionlarda qanday ish olib borilayotgani esa, boshqa masala.



Rossiya chempionatida faoliyat olib borayotgan turkmanistonlik murabbiy Qurbon Berdievni yaxshi bilasiz. U o'z vaqtida o'rtamiyona Rubin bilan qudratli Barselonani engish mumkinligini butun dunyoga ko'rsatib bergan edi. O'tgan mavsum esa Rostovdek autsayder bilan Rossiya premer-ligasida kumush medalni qo'lga kiritdi. Sal qolsa g'olib chiqishi ham mumkin edi. Ana shu murabbiy intervyularidan birida aytgan edi: Turkmanistonda ishlab yurgan chog'larimda tajriba almashish uchun Yaponiyadan murabbiylar kelishdi. Men ularga bolalar futboli bilan bog'liq muammolar, stadionlar etishmovchiligi haqida kuyinib gapirdim. Ularning javobi esa meni mutlaqo esankiratib qo'ydi: Muhimi, murabbiy yaxshi bo'lsin. Agar murabbiy malakali bo'lsa, bolalarga to'p tepishni taqir erda ham o'rgata oladi!

Afsuski, bizda ham ayni shu masalada muammo borligini hech kim inkor eta olmasa kerak. Biz infratuzilma borasida ko'p ishlarni amalga oshirdik. Albatta, hali bajariladigani ham etarli. Masalan, tumanlardagi sharoitni maqtaganimiz bilan qishloqda yashaydigan hamma bolalarda ham u erga borib o'ynash imkoniyati mavjud emas. O'z stadioniga ega bo'lmagan qishloqlar esa, eh-he, qanchadan-qancha. Ammo vaqti kelib bu muammolar ham bartaraf etilishiga, bemalol ishonish mumkin. Axir shuncha ish bajarildi, qolgani ham bo'lar. Biroq murabbiylar malakasi...

Germaniyada bolalar murabbiyining mukofot puli u tarbiyalagan futbolchining maoshidan chegirma sifatida olib berilar ekan. Yani, Mesut O'zil va Tomas Myullerni tarbiyalab qo'ygan murabbiylar hozir hech narsadan kam bo'lmay, farog'atda yashamoqdalar. Yaponlarda esa murabbiylarga katta maosh beriladi. Balki biz ham murabbiylarni attestaciyadan o'tkazishda boshqa sohaga tegishli savollarni beravermasdan, ularning tajribasini qo'llab ko'rarmiz...

ABDULLOH


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика