So’nggi yangiliklar

23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  8 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  7 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  5 19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  2 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  25

Qisqa va qiziqarli: A Seriya 21-tur o'yinlari yakuni Yangiliklar

Qisqa va qiziqarli: A Seriya 21-tur o'yinlari yakuni

Italiya A Seriyasi 21-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

"Roma" "Verona"ni mag'lub etmoqda

"Bo'rilar" Daniele De Rossining bosh murabbiy rolidagi debyut o'yinini faol boshlashdi, 3-daqiqadayoq Dibala jarima maydonchasi ichiga ajoyib uzatma berdi, El SHaaravi esa to'pni Lukakuga chiroyli tarzda qoldirdi, ammo uning zarbasi himoyachi tomonidan to'sildi. "Jalorossi" ko'p hujum qildi va bu yakunda golga aylandi. El SHaaravi himoyachilarni o'ziga jalb qildi va qizg'anchiqlik qilmagan holda to'pni Lukakuga oshirdi, u esa to'pni burchakka joylab qo'ydi. Bir necha daqiqa o'tib Lukakuning qanotdan jarima maydonchasi ichiga uzatgan to'pini El SHaaravi Kristantega tashladi, u esa avvaliga to'pni qabul qildi va ikkinchi urinish bilan to'qqizlikka yo'lladi. Birozdan so'ng Xoysenda ajoyib vaziyat bo'ldi, ammo yosh himoyachi yaxshi poziciyadan noaniq zarba berdi. "Verona" esa tanaffusga qadar hech narsa yaratmadi.

2-taym boshlanishi bilanoq Mbula uzatmadan so'ng jarima maydonchasi ichida Xoysenni turtib yubordi va bosh bilan gol urdi, ammo hakam bu erda o'yin qoidasi buzilgan deb topdi. Tez orada "bo'rilar" darvozasi tomon penalti belgilandi, ammo Jurich darvozaga to'pni aniq yo'llay olmadi. SHunga qaramay, "Verona" hujumlar qildi, "Roma" esa buni unutib qo'ygandek tuyulardi. Yakunda Forunulshu 76-daqiqada 35 metrlar masofadan zarba berdi va to'p Ruy Patrisioning yaqqol xatosi bilan darvoza to'ridan o'rin oldi. Mehmonlar o'yin so'nggida bosim qilishdi, ammo ortiq gol ura olishmadi, shunday qilib De Rossining debyuti omadli chiqdi.



Roma

Romelu Lukaku - 19', Lorenzo Pellegrini - 25'

Serie A . 21-tur

20/01/2024, 21:00

1
:
2
Tugadi

Hellas Verona

Michael Folorunsho - 76'

Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 61857 tomoshabin

Bosh hakam: Juan Luca Sacchi

45'
90'
19'  Romelu Lukaku
19'  Stephan El Shaarawy
25'  Lorenzo Pellegrini
25'  Stephan El Shaarawy
28'  Leonardo Spinazzola (Rasmus Kristensen)
41'  Leandro Paredes
57'  Diego Llorente
57'  Paulo Dybala (Nicola Zalewski)
81'  Stephan El Shaarawy (Andrea Belotti)
46'  Jordi Mboula (Federico Bonazzoli)
53'  Pawel Dawidowicz
57'  Michael Folorunsho
66'  Milan Djuric
76'  Michael Folorunsho
76'  Lorenzo Montipo
77'  Milan Djuric (Thomas Henry)
77'  Riccardo Saponara (Juan Manuel Cruz)


"Yuventus" "Lechche"dan ustun keldi

"Olovranglar" aslida o'yinni juda yaxshi boshlashdi, Krstovich 4-daqiqadayoq darvoza ustuni yoniga zarba berdi. U birozdan so'ng o'zini mudofaada ham ko'rsatdi, futbolchi to'pni Makkenining bosh bilan bergan zarbasidan so'ng darvozadan chiqardi. "Yuventus" asta-sekin o'yin ustidan nazoratni oldi, birozdan so'ng Kostich xavfli zarba berdi, ammo to'p biroz yuqoridan o'tib ketdi. Taymning ikkinchi qismida esa keskinlik tushib ketdi va ikki jamoa ham xavfli vaziyatlar yarata olmadi.

"Yuventus" tanaffusdan so'ng yana o'ziga keldi va vaziyatlar yaratishni boshladi, Makkeni bu safar burchak zarbasidan so'ng zarba bergan holda xavfli vaziyat sodir etdi. "Keksa sinora" tez orada gol urdi, Kambyazo qanotdan to'pni jarima maydonchasi ichiga tashladi, Vlaxovich esa unga ideal tarzda to'g'irlandi va uni to'qqizlikka yo'lladi. Mehmonlar o'n daqiqadan so'ng yana gol urishdi, qanotdan uzatilgan to'pga yana Makkeni boshqalardan ko'ra ildamroq harakat qilib Vlaxovichga uzatdi, u esa darvoza to'rini ishg'ol qildi. Aytish mumkinki, "Lechche" taslim bo'lmadi, xususan Dorgu uzoqdan juda xavfli zarba berdi, ammo bunday "Yuventus"ga qarshi 2ta to'p farqini yo'qqa chiqarish o'ta qiyinligi ko'rinib turgandi. O'yin so'nggida jamoa yana to'p kiritdi, bu safar ham qanotdan uzatma evaziga. Ayling to'pni jarima maydonchasi ajoyib tarzda tashladi, Bremer esa to'pni boshi bilan darvozaga kiritdi. "Yuventus" navbatdagi o'yinda g'alaba qozonib 1-o'ringa chiqdi, ammo "Inter" hali ushbu turda o'ynamaganini hisobga olish kerak.



Lecce

Serie A . 21-tur

21/01/2024, 23:45

3
:
0
Tugadi

Juventus

Dusan Vlahovic - 59', Dusan Vlahovic - 68', Gleison Bremer - 85'

Stadion: Stadio Via del Mare, 28074 tomoshabin

Bosh hakam: Daniele Doveri

45'
90'
60'  Joan Gonzalez (Alexis Blin)
65'  Antonino Gallo (Patrick Dorgu)
66'  Remi Oudin (Santiago Pierotti)
72'  Pontus Almqvist (Nicola Sansone)
72'  Nikola Krstovic (Roberto Piccoli)
89'  Mohamed Kaba
22'  Weston McKennie
57'  Fabio Miretti (Timothy Weah)
59'  Dusan Vlahovic
59'  Andrea Cambiaso
68'  Dusan Vlahovic
68'  Weston McKennie
74'  Kenan Yildiz (Arkadiusz Milik)
74'  Filip Kostic (Samuel Iling-Junior)
81'  Andrea Cambiaso (Alex Sandro)
85'  Gleison Bremer
85'  Samuel Iling-Junior


"Frozinone" "Kalyari"ni mag'lub etmoqda

Mezbonlar o'yinni ancha tetik boshlashdi va vaziyatlar yaratishdi, ayniqsa Soulening o'tkir burchakdan zarbasi xavfli chiqdi. Mehmonlar esa ilk imkoniyatdanoq foydalanib ketishdi, jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'p uchun Petanya kurashdi, Suleman esa to'pni egallab olishda ajoyib harakat qildi va bitta teginish bilan to'pni burchakka yo'naltirdi. SHundan so'ng o'yin juda ham sokinlashib ketdi, ammo yakunda "Frozinone" gol urishning uddasidan chiqdi. Jarima maydonchasi ichidagi talato'pda Borrenecha eng yaxshi joyda edi va to'pni bo'sh darvozaga yo'llab qo'ya qoldi, ammo darvozabonga nisbatan ishlatilgan qoidabuzarlik sabab gol inobatga olinmadi.

"SHerlar" tanaffusdan so'ng ancha faol harakat qilishdi, "Kalyari" esa o'z darvozasi tomon yaqinlashib bordi va bundan yaxshilik chiqmadi. Taym o'rtalarida jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pni Maccitelli ideal tarzda boshi bilan darvoza to'riga yo'naltirdi. "SHerlar" hujum qilishda davom etishdi va tezda yana bitta gol urishdi, Soule to'pni to'qqizlikka aniq yo'llagan holda jarima zarbasini ajoyib tarzda ishg'ol qildi. Kulminaciya esa o'yinning so'nggida ro'y berdi, avvaliga Turati Dossenaning bosh bilan bergan kuchli zarbasidan so'ng to'pni burchakdan olib chiqdi, bir daqiqa o'tib Cortrea qarshi hujumda qanot bo'ylab yugurdi va to'pni bo'sh turgan Kayoga uzatdi, u esa o'yinga yakuniy hisobni o'rnatdi. "Frozinone" besh o'yinlik mag'lubiyatli seriyasiga yakun yasadi, "Kalyari" esa bu safar ham mehmonda qoqildi.



Frosinone

Luca Mazzitelli - 64', Matias Soule - 75', Kaio Jorge - 90'

Serie A . 21-tur

21/01/2024, 15:30

1
:
3
Tugadi

Cagliari

Ibrahim Sulemana - 26'

Stadion: Stadio Benito Stirpe, 13925 tomoshabin

Bosh hakam: Federico Dionisi

45'
90'
45'  Enzo Barrenechea
57'  Matias Soule
60'  Walid Cheddira (Kaio Jorge)
60'  Reinier (Abdou Harroui)
64'  Luca Mazzitelli
64'  Abdou Harroui
75'  Matias Soule
81'  Matias Soule (Fares Ghedjemis)
90'  Nadir Zortea
90'  Francesco Gelli (Kevin Bonifazi)
90'  Kaio Jorge
90'  Nadir Zortea
90'  Kaio Jorge
22'  Paulo Azzi
26'  Ibrahim Sulemana
46'  Paulo Azzi (Tommaso Augello)
62'  Andrea Petagna
72'  Mateusz Wieteska (Edoardo Goldaniga)
72'  Andrea Petagna (Leonardo Pavoletti)
72'  Nicolas Viola (Alessandro Di Pardo)
74'  Alberto Dossena
77'  Matteo Prati (Gianluca Lapadula)
78'  Gianluca Lapadula
90'  Leonardo Pavoletti


"Salernitana" "Jenoa"ga engildi

O'yin "dengiz otlari" uchun omadli boshlandi, Kandreva to'pni qanot bo'ylab Brdarichga uzatdi, u esa ajoyib zarba ijro etdi, Martegani esa jarima maydonchasi markazida to'pni darvozaga yo'naltirib yubordi. Bunga "Jenoa" birdan javob qaytardi. Badel jarima maydonchasi ichidagi Rettegiga ajoyib uzatma berdi, forvard esa kuchli tarzda yaqin burchakni nishonga oldi. SHundan so'ng o'yin nazorati "Salernitana"ga qaytdi, u ko'proq vaziyatlar yaratdi, ayniqsa Kandrevaning uzoqdan yo'llagan zarbasi aniq chiqdi. Taym so'nggida Marteganida dubl qayd etish uchun imkoniyat bo'lgandi, ammo uning uzoqdan bergan aqlbovarqilmas zarbasini ustun o'ziga qabul qilib oldi.

Deyarli 2-taym boshida Domber o'z jarima maydonchasi ichida qo'li bilan harakat qilib yubordi, Gudmundson esa o'ziga ishongan holda penaltini aniq ijro etdi. SHundan so'ng darhol "Salernitana"da hisobni tenglashtirish uchun ajoyib imkoniyat bo'lgandi, Kandreva jarima zarbasini kuchli tarzda ijro etdi va to'pni yana ustun o'ziga oldi. "Dengiz otlari" mehmonlar darvozasi oldida muammolar yaratishdi, ammo asosiy keskinlik uzoqdan berilgan zarbalarda bo'ldi. Yakunda Madjore hisobni tenglashtirish imkoniyatiga ega bo'lgandi, ammo uning bosh bilan bergan ayyorona zarbasi biroz noaniq ketdi. "Salernitana" yana ochkolar jamg'arish uchun ajoyib imkoniyatlar bo'lgan o'yinda mag'lub bo'lmoqda va yanada tublikka cho'kmoqda, "Jenoa" esa nihoyat durangli natijalar seriyasiga barham berdi.



Salernitana

Agustin Martegani - 2'

Serie A . 21-tur

21/01/2024, 21:00

2
:
1
Tugadi

Genoa

Mateo Retegui - 13', Albert Gudmundsson - 58'

Stadion: Stadio Arechi, 37894 tomoshabin

Bosh hakam: Daniele Orsato

45'
90'
2'  Agustin Martegani
2'  Domagoj Bradaric
68'  Toma Basic (Grigoris Kastanos)
75'  Matteo Lovato (Alessandro Zanoli)
75'  Loum Tchaouna (Chukwubuikem Ikwuemesi)
82'  Domagoj Bradaric (Mateusz Legowski)
83'  Agustin Martegani (Flavius Daniliuc)
13'  Mateo Retegui
13'  Milan Badelj
29'  Morten Frendrup
45'  Milan Badelj
58'  Albert Gudmundsson
60'  Mattia Bani
71'  Alessandro Vogliacco
71'  Alessandro Vogliacco (Morten Thorsby)
87'  Kevin Strootman (Caleb Ekuban)
90'  Josep Martinez


"Milan" "Udineze"ni mag'lub etmoqda

Maydon egalari o'yinni faol boshlashdi, ammo "rossoneri" asta-sekin ustunlikni o'z qo'liga oldi. Jiru Leoning yashirin pasidan so'ng juda xavfli zarba berdi, ammo darvozabon bu vaziyatda xatoga yo'l qo'ymadi. "Udineze" ham qarab turmadi, Ker vaziyatlardan birida to'pni darvozaga yo'naltirib yuborishga tayyor bo'lib turgan Lukkining oyog'idan to'pni egallab oldi. Teoning zarbasi esa natija berdi, Jiru atayin to'pni o'tkazib yubordi, Loftus-CHek esa yugurib kelib to'pni burchakka joylab qo'ydi. "Milan" hujum qilishda davom etdi, taym so'nggiga yaqin Samarjich o'zining navbatdagi driblinggi bilan namoyon bo'ldi, u "Milan"ning ikki nafar o'yinchisini dog'da qoldirgan holda jarima maydonchasi tashqarisidan to'pni burchakka aniq joylab qo'ydi. U deyarli bir daqiqadan so'ng bu ishni yana takrorladi, ammo bu safar darvozani aniq nishonga ololmadi.

"Udineze" 2-taym boshida "Milan"ni o'z darvozasiga siqib qo'ydi va vaziyatlar yaratdi. Ayniqsa Lovrichning zarbasi xavfli chiqdi, Menyan o'sha vaziyatda aqlbovarqilmas tarzda to'pni burchakdan oyoqlari bilan olib chiqdi. Ammo, "Milan" darvozaboni Toven raqibini aldab to'qqizlikni nishonga olganida bu ishini takrorlay olmadi. "Milan" "uyg'ondi" va oldinga yurdi, bosim yakunda golga olib keldi. to'p Jiruning zarbasidan so'ng ustunga tegdi, Yovich esa bir metr masofadan uni darvozaga qayta yo'llab yubordi. "Milan" yana gol urishga chog'landi va vaziyatlar ketidan vaziyatlar yaratdi, o'yinga nuqta Jiru burchak to'pidan uzatilgan to'pni Okaforga bergani, u esa darvozani aniq nishonga olganida qo'yildi va jamoasiga aqlbovarqilmas irodali g'alabani taqdim etdi.



Udinese

Lazar Samardzic - 42', Florian Thauvin - 62'

Serie A . 21-tur

20/01/2024, 23:45

3
:
2
Tugadi

AC Milan

Ruben Loftus-Cheek - 31', Luka Jovic - 83', Noah Okafor - 90'

Stadion: Bluenergy Stadium - Stadio Friuli, 24591 tomoshabin

Bosh hakam: Fabio Maresca

45'
90'
42'  Lazar Samardzic
42'  Lorenzo Lucca
45'  Hassane Kamara
46'  Roberto Pereyra (Florian Thauvin)
52'  Festy Ebosele
56'  Florian Thauvin
60'  Festy Ebosele (Kingsley Ehizibue)
60'  Lazar Samardzic (Martin Payero)
62'  Florian Thauvin
65'  Walace
71'  Lorenzo Lucca
76'  Lorenzo Lucca (Isaac Success)
78'  Joao Ferreira
84'  Hassane Kamara (Oier Zarraga)
31'  Ruben Loftus-Cheek
31'  Theo Hernandez
68'  Tijjani Reijnders (Noah Okafor)
75'  Davide Calabria (Alessandro Florenzi)
75'  Christian Pulisic (Luka Jovic)
83'  Luka Jovic
88'  Theo Hernandez
90'  Noah Okafor
90'  Olivier Giroud
90'  Rafael Leao (Yunus Musah)


Sergey Rumyancev tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика