So’nggi yangiliklar

12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  0 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  1 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  1 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  2 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  6 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  1 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  4 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0

"Qishki bozor": Angliyadagi eng mashhur transferlar. Bonidan - Kuadradogacha Yangiliklar

"Qishki bozor": Angliyadagi eng mashhur transferlar. Bonidan - Kuadradogacha

Angliya premer-ligasida yanvar oyida sodir bo'lgan eng mashhur transferlar ettligi bilan tanishing.
Vilfrid BONI

Qaerdan
: "Suonsi"
Qaerga: "Manchester Siti"
Narxi: 32,3 million evro



26 yoshli ivuarlik futbolchi "Suonsi"dan "Siti"ga o'tdi.  Boni "shaharliklar" bilan 2019 yilga qadar shartnoma tuzdi. Futbolchi hozirga qadar yangi klubida o'ynamadi, sababi terma jamoasi safida Afrika kubogida ishtirok etmoqda.

Gabriel PAULISTA
Qaerdan:
"Vilyarreal"
Qaerga: "Arsenal"
Narxi: 15 million evro



24 yoshli markaziy himoyachining "Vilyarreal"ning yaxshi o'yinlarida xissasi bor. "Arsenal" ustozi Arsen Venger Gabrielga ishonishini malum qildi. "Arsenal" tomonidan sotib olingan oldingi braziliyalik – Andre Santos edi. U Tumanli Albiondagi ikki yildan so'ng klubni tark etgandi. Gabriel o'zini qanday namoyon eta olarkin?

Viktor VALDES
Qaerdan:
erkin agent
Qaerga: "Manchester Yunayted"



Valdesning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi iyulda tugagandi, ammo jarohati bor bo'lgan posbonni hech kim o'z safiga chorlagani yo'q. Kuzda Viktor "Liverpul"ga o'tishi mumkin edi. Ammo yakunda ispaniyalik posbon "iblislar" safiga o'tdi.

"Manchester Yunayted" Valdes bilan 18 oylik shartnoma tuzdi.

Jermeyn DEFO

Qaerdan:
"Toronto"
Qaerga: "Sanderlend"
Narxi: Jozi Altidor



2013 yil yozida "Sanderlend" premer-liga tarixidagi eng yomon transferlardan birini amalga oshirdi – "qizil mushuklar" 13 million dollar evaziga amerikalik Altidorni sotib olishdi. U bir yarim yil ichida bitta gol urdi. Yanvar oyi boshida "Sanderlend" "Toronto"ga Altidorni 32 yoshli Jermeyn Defoga almashish taklifi bilan chiqdi. Klub esa bunga darhol ijobiy javob qaytardi. Defo ikkita o'yinda bitta gol urib bo'ldi.

Mark SHVARCER

Qaerdan:
"CHelsi"
Qaerga: "Lester"
Narxi: bepul



Bu darvozabonning davri o'tib bo'ldi. 2013 yil yozida SHvarcer "CHelsi"ga o'tgan. O'sha paytda 40 yoshda bo'lgan posbon boshqa klubga o'tmasligi taxmin qilingandi. Ammo yanvarda avstraliyalik darvozabonga "Lester"dan taklif tushdi. "Ko'klar" jamoadagi uchinchi darvozabon uchun bir tiyin ham so'rashmadi. SHvarcer "tulkilar" safida debyut qildi. U Evropa kuchli chempionatida maydonga tushgan eng qari o'yinchiga aylandi - 42 yosh va 118 kun.

SHola AMEOBI

Qaerdan:
erkin agent
Qaerga: "Kristal Pelas"



"Nyukasl" afsonasi o'tgan yil Turkiyaning "Gaziantep Byuyukshexir Belediespor" klubiga o'tib ketgandi. Biroq, tezda Ameobi uyini sog'inib qoldi va agentiga yangi variantlarni so'ragandi. "Nyukasl"ga qaytishning imkoni bo'lmadi. "Vest Bromvich" va "Kristal Pelas" o'rtasidagi "jang"da London klubi g'olib chiqdi. Endi Angliyada quyidagi hazil ommabop: "Real"da Ronaldu, Benzema va Beyl, "Barselona"da Messi, Suares va Neymar, "Kristal Pelas"da esa Yaya Sanogo, SHamax va Ameobi bor"...

Xuan KUADRADO

Qaerdan
: "Fiorentina"
Qaerga: "CHelsi"
Narxi: 33,4 million evro



"Volfsburg"ga o'tgan Andre SHyurrlening o'rniga "CHelsi" kolumbiyalik Xuan Kuadradoni sotib oldi. "Fiorentina"ning sobiq futbolchisi "CHelsi"da 74-raqam ostida o'ynaydi. Futbolchi 2014 yilgi Jahon chempionatida to'rtta golli pas bilan bu borada eng yaxshi natija qayd etgandi.
sport-express.ru saytidan olindi


Narzulla Saydullaev tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика