So’nggi yangiliklar

18:12"Насаф" - "Бухоро". Таркиблар маълум  1 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  5 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  7 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  0 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  4 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  11 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  1 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  2 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  4 13:19Роналду 30га кирганидан сўнг Португалия сафида 89 та гол урди  15 12:37Ибраима Конате "Ливерпуль"га уч марта "йўқ" деди. Клуб унинг "Реал"га ўтишига кўниб бўлди  10 12:15Бразилия ЖЧ саралашида 5-ўринни эгаллади – бу тарихидаги энг ёмон натижа  3 10:56Ла Лигада ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  6 10:30ФИФА президенти Қатардаги портлашларга муносабат билдирди  14

Qirol Karl III ning taxtga o'tirishi munosabati bilan APLda yana bir qator o'yinlar qoldirilishi mumkin Yangiliklar

Qirol Karl III ning taxtga o'tirishi munosabati bilan APLda yana bir qator o'yinlar qoldirilishi mumkin

May oyining dastlabki haftasiga belgilangan APL uchrashuvlari toj kiydirish marosimi tufayli xavf ostida qoladi.

Marosim kelasi yilning 6 may sanasiga belgilangani elon qilindi. 

O'tgan oy Qirolichaning dafn marosimi bo'lib o'tganida Premer-liganing ikkita o'yini surildi, shular qatorida "CHelsi"ning “Liverpul”ga qarshi o'yini ham qoldirildi. "Manchester Yunayted"ning "Lids Yunayted" bilan uy o'yini ham bo'lib o'tmadi.

Tadbir o'sha dam olish kunlaridagi futbol o'yinlariga tasir qilishi mumkin, biroq sana va boshlanish vaqti hali tasdiqlanmagan. Barcha tegishli sport organlariga hali ko'rsatmalar berilmadi. Qirolicha vafotidan so'ng yakuniy qaror chiqarish Angliya Futbol Ligasi va Angliya Premer-ligasining o'ziga qo'yib berilgani bois bu safar ham aniq ko'rsatmalar berilishiga kafolat yo'q. 

"Vest Xem", "Tottenxem" va "Fulxem" Londonda joylashgan o'sha kuni o'z uyida o'ynaydigan jamoalar bo'lib, ularning raqiblari "Manchester Yunayted", "Kristal Pelas" va "Lester Siti" bo'lishi rejalashtirilgan. Ushbu bahslar katta ehtimol bilan qoldiriladi. Policiyaning butun mamlakat bo'ylab chaqirilishi mumkinligini inobatga olsak, "Liverpul"ning "Brentford" bilan to'qnashuvi va "Lids"ning "Manchester Siti" safari ham so'roq ostida qolishi mumkin.

Agar Premer-liga hukumat tavsiyalariga amal qilsa, yuqoridagi o'yinlar kechiktirilishi yoki 24 soat orqaga surilishi mumkin. Translyaciya qilish bo'yicha tanlovlar o'yinlarning bo'lib o'tadigan sanadan 3-6 hafta oldin belgilanadi. Tegishli ko'rsatmalar undan oldin berilishi kutilmoqda.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика