Qirg'iziston terma jamoasi "Rubin" yarim himoyachisi Axmetovga qiziqish bildirmoqda
27 sen 2016 13:15
Yangiliklar
Qirg'iziston terma jamoasi "Rubin" yarim himoyachisi Axmetovga qiziqish bildirmoqda
Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Krestininning so'zlariga ko'ra, "Rubin" yarim himoyachisi Ilzat Axmetovni Qirg'iziston milliy jamoasiga chaqirilishi mumkin.
Axmetov Bishkekda tug'ilgan va hozirgacha hech qaysi mamlakatning kattalar terma jamoasida o'ynamagan. 18 yoshli yarim himoyachi 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan yig'ilgan Rossiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
"Axmetov bizni qiziqtirmoqda. Ammo ayni damda u Rossiya o'smirlar terma jamoasida o'ynamoqda. U Qirg'iziston terma jamoasi sharafini himoya qilish imkoniga egaligini bilamiz. Hammasi Ilzatning tanloviga bog'liq" - deydi Krestinin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar