So’nggi yangiliklar

15:24Эрик тен Хаг: "Менга вақт керак"  1 14:50"Интер" ва "Ювентус" "Арсенал" ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  0 14:11Буффоннинг тўйида Кьеллини, Бонуччи ва Барцальи ажойиб бир нарсага қўл уришди  0 13:33Эрон ва БААга қарши ўйин учун Сречко Катанец кимларни чақирди?  32 13:03Артета футбол тарихидаги энг яхши футболчини айтди - йўқ, у Роналду эмас  13 12:26Паоло Мальдинининг ўғли Италия термаси сафида дебют қилиши мумкин  0 11:55Винисиус, Леау ёки Хвича: дунёнинг энг яхши чап қанот вингери эълон қилинди  1 11:22Роналду Осиё Чемпионлар Лигасидаги голини отасининг хотирасига бағишлади  0 10:47"Барселона" жароҳат сабаб бир йилга сафдан чиққан футболчи билан янги шартнома тузди. Товон пули эса даҳшат  0 10:06Владимир Бубанья: “Финални кўтаринки кайфият билан кутяпман”  2 09:19Аббосбек Файзуллаев РПЛ рамзий терма жамоасидан ўрин олди  3 08:45Sofascore. Кечаги учрашув учун "Пахтакор" футболчилари неча баҳо олишди?  3 08:17"1:6"! Ҳисоб ўйинга мос бўлмаган Аргентина - Қозоғистон учрашувидан ГАЛEРEЯ  4 07:40"Реал Мадрид"нинг яна бир етакчиси жароҳат олди  2 07:10Элит Чемпионлар лигаси. 36 ёшли Драган Черан "Пахтакор"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  8

Qirg'iziston prezidenti terma jamoa bosh murabbiyi Krestininga qo'ng'iroq qildi (matbuot anjumani) FOTO Yangiliklar

Qirg'iziston prezidenti terma jamoa bosh murabbiyi Krestininga qo'ng'iroq qildi (matbuot anjumani) FOTO

Osiyo Kubogi doirasidagi "C" guruhining 3-turidan o'rin olgan Qirg'iziston - Filippin uchrashuvi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida Qirg'iziston bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin qatnashdi va o'yinoldi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Musobaqaning uchinchi uchrashuvida ko'p narsa hal bo'ladi. Muhim pallaga yaqinlashdik. Ertangi muhim bellashuv oldidan optimistik ruhda va o'zimizga bo'lgan ishonch bilan tayyorgarlik ko'ryapmiz. G'alabaga erishish uchun qo'limizdan kelgan barcha imkoniyatni ishga solamiz.  Bizni oson bahs kutayotgani yo'q. Filippin yaxshi shakllangan jamoa", - deya o'z fikrlarini bildirdi Aleksandr Krestinin.

- Qirg'izistonga ertaga nafaqat g'alaba, balki imkon qadar yirikroq hisobdagi yutuq kerak. Filippin esa himoyaga alohida etibor qaratadigan jamoalar sirasiga kiradi. Ular o'tgan ikki bellashuvni 5 himoyachi bilan o'tkazishdi. Raqibning uslubi va imkon qadar yirikroq g'alaba kerakliginini inobatga olgan holda ertangi bahs oldidan taktik o'zgarishlarga qo'l urasizmi? (SHahboz Beg'amov, "championat.asia")

-  Filippin bilan bo'ladigan uchrashuv qiymati va ahamiyat nechog'lik ekanligini tushunib turibmiz. Barcha detallarni etiborga olamiz. Biz bu o'yinga ruhan va taktik taraflama ham alohida tayyorgarlik ko'rdik. O'ylashimcha, jamoamiz bunga tayyor. Albatta, raqibdan kelib chiqqan holda taktik o'zgarishlarga ham qo'l uramiz. Qayd etganingizdek, uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish jarayonida raqibning uslubini ham inobatga olamiz. 

- Guruhdagi ikkita raqib bilan o'ynadingiz. Filippin ham ular bilan o'ynab bo'ldi. Uchrashuvdan oldin mazkur bahslarni tahlil qildingizmi va jamoalarni o'zaro taqqoslay olasizmi? (xorijlik jurnalist)

- Hozir o'yin bo'yicha kim kuchliroq, kim yaxshiroq ekanligini solishtirmagan bo'lardim. Bu noto'g'ri. To'g'ri, ikkinchi turdan keyin ikki jamoada ham 0 ochko. Lekin bu Filippinni kuchsiz jamoa ekanligini anglatuvchi jihat deb hisoblamayman. Biz barchamiz futbol bilan shug'ullanamiz. Ertaga esa terma jamoa tarixida yangi sahifa ochish imkoniyatiga ega ekanligimizni tushunib turibmiz. Istalgan futbolchi yoki murabbiy bu kabi holatga ko'proq tushishni istaydi.


- Taxminan sanoqli soatlar oldin Qirg'iziston matbuotida mamlakat prezidenti sizga qo'ng'iroq qilgani haqida yozildi. Agarda sir bo'lmasa, suhbat davomida prezident nimalarni gapirdi va siz qanday javob berdingiz? Bu juda muhim va qiziq... (Qirg'izistonlik jurnalist)

- Haqiqatdan ham 1,5 soat avval Qirg'iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov SHaripovich telefon orqali qo'ng'iroq qildi. Biz o'zaro suhbatlashdik. Suhbat chog'idagi mamlakat rahbarining gaplarini yigitlarga etkazdim. Bilasizmi, mamlakat rahbarining qo'llab-quvvatlovi nihoyatda muhim va quvonarli holat. Bu nafaqat futbolchilar uchun, balki barcha uchun muhim. Bu nimadan dalolat beradi? Birinchi navbatda biz bir maqsad yo'lida birlashganimizni anglatadi. Qirg'izistonda barcha terma jamoa uchun jon kuydirmoqda, qayg'urmoqda. Futbol barchani birlashtirayotgani quvonarli holat.

- O'tgan ikkita bahsda Qirg'iziston og'ir vazndagi jamoalar fonida yomon ko'rinmadi. Jamoa munosib o'ynaganini barcha qayd etdi. Tabiiyki Xitoy va Janubiy Koreyadan farqli o'laroq Filippin boshqa darajadagi jamoa. Jamoangiz esa o'tgan ikkita o'yinda ko'rsatgan potencialni ertangi bahsda yana bir bor ko'rsatib, buni natija orqali isbotlashi kerak bo'ladi. O'tgan turlarda jamoa katta kuch yo'qotdi. SHu nuqtai nazardan olib qaralsa, Qirg'iziston ertangi bellashuvga jismoniy jihatdan tayyormi? (SHahboz Beg'amov, "championat.asia")

- Biz jismoniy jihatni ham etiborga olgan holda musobaqaga malum reja asosida yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. O'tgan ikkita bahsda bo'lgani kabi bu o'yinga ham jamoani jismoniy taraflama ham tayyor deb ayta olaman. Bu taraflama muammo yo'q. Musobaqa taqvimini alohida inobatga olgan holda malum rejimda tayyorgarlik bosqichini olib boryapmiz. Bizga qo'shimcha kuch berayotgan yana bir jihat shuki, ertaga terma jamoamiz o'z tarixida yangi sahifa ochish imkoniyatiga ega. Musobaqa oldidan rejalashtirgan maqsadimiz sari dastlabki qadamni qo'yishga yaqinmiz.


Farhod Musabekov: - "Bizni juda qiyin bahs kutmoqda. Biz istayotgan keyingi bosqich hayoli va maqsadi raqibimiz bo'lmish Filippinda ham borligini unutmagan holda uchrashuvga jiddiy yondoshamiz. Menimcha, jamoamiz ertangi kurashga tayyor. Terma jamoamiz muhiti ancha ko'tarinki kayfiyat orqali juda yaxshi holatda".


SHahboz Beg'amov

Dubay, "Rashid" stadioni.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика