So’nggi yangiliklar

15:55Аёллар ўртасидаги Осиё Кубоги. Ўзбекистон Бангладешга 4 та гол урди ва плей-оффга йўл олди  0 15:27Бразилияда ҳакам 23 та (!) қизил карточка кўрсатди: Халк воқеа марказида  1 15:06Суперлига. "Навбаҳор" XXI асрда "Пахтакор"ни меҳмонда ютмаган  3 14:38Таниқли мураббий "Реал" қизиқиши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  8 14:14Ҳужумчини сабр билан кузатиб боради, орқа томонида бўш ҳудуд очиб қўймайди... Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини таҳлил қилинди  20 13:53"Челси" Росеньор олдига қатъий талаб қўйди  0 13:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Арал" таркибига қўшилди  0 13:13Ўзбекистон Кубоги саралашида 16 жамоа қатнашади: уларнинг орасида ҳаваскор жамоа ҳам бор  0 12:56U-17 Осиё Кубогига тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси йиғин бошлади  2 12:36"Арсенал" учун янги муаммо: Артета футболчиларининг жароҳати ҳақида гапирди  0 12:07Қотиллик учун жазо ўтаб чиққан дарвозабон яна қамоққа қайтарилади  1 11:39"Челси" футболчиси клубда қолишни хоҳлайди, аммо раҳбарият бошқача фикрда  1 11:15Икки футболчи учун 100 миллион. "Реал" ёзги трансфер ойнасидаги устувор мақсадларини белгилаб олди  7 10:34"Нефтчи" - "Андижон" учрашувига чипталар сотуви бошланди  13 09:52Дибаланинг кейинги манзили маълум  4

Qirg'iziston – Makao: O'yinoldi matbuot anjumani Yangiliklar

Qirg'iziston – Makao: O'yinoldi matbuot anjumani

Teglar :  Qirg'izistonMakao
Championat.asia saytida Qirg'iziston va Makao uchrashuvidan oldingi matbuot anjumani.

Osiyo Kubogi-2019 saralashi doirasidagi Qirg'iziston - Makao uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ilk qismida mehmonlar ustozi ishtirok etdi.

Jozef Tao Lao San, Makao bosh murabbiyi:

Osiyo Kubogi-2019 saralashi terma jamoamiz uchun juda muhim. Ayniqsa birinchi o'yin. Tayyorgarlik yaxshi o'tdi. FIFA reytingida biz pastda ekanligimizni bilamiz. Ammo bunga etibor qilmaymiz, o'yin ko'rsatadi. Bu saralash biz uchun chorlov. Har bir o'yinda bor kuchimizni ishga solamiz.



Ob-havo haqida:
- Bishkekdagi iqlim Makaodagidan keskin farq qiladi. Biroz bu erga ko'nikib oldik. Quyoshli havo bo'lishiga umid qilaman.

Qirg'iziston terma jamoasi haqida:
- Raqib bizga nisbatan jismonan kuchli. Futbolchilar tezkor, texnik kuchli. Xorij klublarida o'ynaydigan ko'plab futbolchilar bor. Albatta, biz o'yinlarni ko'rib chiqdik va ularni o'rgandik.

Makao terma jamoasidagi legioner haqida:
- Ha, tarkibda bir futbolchi Gonkongda o'ynaydi. Qolgan barcha mahalliy chempionatda o'ynaydi. Asosimizni Makaoni kuchli uch klubi futbolchilari tashkil qiladi: Benfika, Monte-Karlo va Uinsdor. Makao oliy ligasida 10ta klub ishtirok etadi.

Paulo CHeng CHen Ling, Makao terma jamoasi sardori:
- Bu erga uchinchi marta keldim. Ilk bor 5 yil oldin musobaqaga kelgandim. OFK kubogi saralashi doirasida Benfika klubi safida o'tgan yil ham kelgandim. Raqib safidagi bir qator futbolchilarni taniyman. Ular jismonan kuchli. Bizga oson bo'lmaydi. Ammo o'yinda bor kuchimizni ishga solamiz.



Aleksandr Krestinin, Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi:
Bu o'yinga ko'p tayyorlandik, ob-havoni ham inobatga oldik, maydon holati o'yin o'tkazishga tayyor. Barchasi joyida.

Jamoaning tayyorgarligi haqida:
- Ayni paytda uni qoyilmaqom deb atagan bo'lardim. Tarkibda ko'rmoqchi bo'lgan barcha futbolchilarimiz shu erda. Rasmiy o'yinda eksperimentlar bo'lmaydi.

Turkiyadagi yig'in haqida:
- O'zimizda maydon holatlari bois yig'in o'tkaza olmadik, shu bois xorijga chiqdik. Barchasi yigitlarning o'ziga bog'lik. Mashg'ulotlar sababi yomon natija bo'lsa bahona bo'lmaydi. Barchamiz futbolni yaxshi ko'ramiz deyapmiz, ammo hozircha faqat gapda qolmoqda.

Maydon holati:
- O'yin kuni quyoshli bo'lishi kutilmoqda. Uchrashuv boshida maydon qanday bo'lsa shunday maydonda o'ynashga tayyormiz.

Stadion xodimlari haqida:
- Ularga etiroz yo'q, ular qo'llaridan kelganini qilishdi. Umid qilamanki bahsgacha barchasi tayyor bo'ladi. Bunchalik sovuq bahor bo'lishini hech kim kutmagandi.

Marat Aksanov
Bishkek, Qirg'iziston


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика