Qirg'iziston bosh murabbiyi O'zbekiston bilan o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi
09 noy 2019 11:46
Yangiliklar


Qirg'iziston bosh murabbiyi O'zbekiston bilan o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi
O'zbekiston - Qirg'iziston o'rtoqlik uchrashuvidan oldin mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'zbekiston futbol Associaciyasiga iliq qabul uchun rahmat aytmoqchiman. Barchasi yuqori darajada. O'zbekiston terma jamoasi bilan o'yin Yaponiya va Tojikiston bilan bahslarga tayyorgarlik doirasidan o'rin olgan. Barcha futbolchilar terma jamoa ixtiyoriga etib kelishmagani tushunarli, bazi futbolchilarning o'z klublari safidagi o'yinlari bor - uchrashuv FIFA kunlari doirasida bo'lmayapti. Ammo terma jamoaning 80 foiz futbolchisi shu erda, jarohatlanganlardan tashqari. Bir necha kun davomida tayyorgarlik ko'ramiz, axir bir qator futbolchilar endi jarohatdan qutulishgan, bazilarda o'yin amaliyoti yo'q. Barchasini optimal holatga keltirish uchun vaqtimiz bor", - deydi Aleksandr Krestinin Qirg'iziston FF rasmiy saytiga.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar