Qirg'iz Respublikasida Markaziy Osiyodagi eng yirik stadion qurilishi boshlandi
23 apr 22:11
Yangiliklar
Qirg'iz Respublikasida Markaziy Osiyodagi eng yirik stadion qurilishi boshlandi
Bu haqda mamlakat prezidenti malum qildi.
Bishkekda 45 ming o'rinli stadion qurilishi boshlandi.
Bu haqda mamlakat prezidenti Sadir Japarov Facebook'dagi sahifasida yozdi.
Inshoot qurilishi ikki yil ichida yakunlanadi va u Markaziy Osiyodagi eng yirik stadionlardan biriga aylanadi.
Sport binosi arxitekturasida 22 nafar mutaxassis ishladi. Ulardan 12 nafari Turkiyadan taklif qilingan, qolgan 10 nafari mahalliy memorlar hisoblanadi.
Majmuada 3600 ta mashinaga mo'ljallangan avtoturargoh hamda savdo majmuasi o'rin oladi. Qurilish ishlariga asosan mamlakat fuqarolari jalb qilingan. Yangi stadiondagi ilk o'yin roppa-rosa ikki yildan so'ng o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar