So’nggi yangiliklar

19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  0 19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  4 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  6 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  18 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0

Qirg'iz Respublikasi U-20 ustozi: "Ayni vaqtda qirg'iz futbolida olib borilayotgan ishlar yaqin kelajakda o'z mevasini berishi aniq" Yangiliklar

Qirg'iz Respublikasi U-20 ustozi: "Ayni vaqtda qirg'iz futbolida olib borilayotgan ishlar yaqin kelajakda o'z mevasini berishi aniq"

Qirg'iz Respublikasi U-20 bosh murabbiyi Maksim Lisicin 1-tur doirasidagi Saudiya Arabistoniga qarshi bellashuv oldidan jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

"Biz musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik deb o'ylayman, lekin murabbiy sifatida har doim o'yinchilarimdan ko'proq narsa kutaman.

Bunday katta musobaqalarda yaxshi atmotsfera va mahalliy aholi tomonidan katta qiziqish bo'ladi, jamoalar esa bunga javoban yaxshi va sifatli o'yin kursatib berishi kerak", – deya gap boshladi Lisicin. 

So'nggi yillarda qirg'iz futboli rivojlanyapti. Mutaxassis sifatida fikringiz qanday?

- Men Qirg'iz Respublikasiga kelganimdan beri futbol ancha rivojlandi, ayniqsa, yoshlar futboli ancha o'sdi. Ayni vaqtda qirg'iz futbolida olib borilayotgan ishlar yaqin kelajakda o'z mevasini berishi aniq.

- Qirg'izistonlik o'yinichilarda Saudiya Arabistoni kabi kuchli raqiblarga qarshi uchrashuvda bosim bo'ladimi?

Har bir jamoaga hurmat bilan yondashamiz, ayniqsa, guruhdoshlarimiz kuchli va jahon futbolida ham o'z nomiga ega. Biz raqiblarimz nimalarga qodir ekanligini bilamiz, ularning tarkibi kuchli, lekin biz xam turnirga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Ertangi o'yin kim kuchli ekanligini aniqlab beradi.

- Ushbu musoqabadagi raqiblar darajasini hisobga olgan holda, jamoangiz muvaffaqiyatli ishtirokining ehtimoli qanday?

- Bizga bahoni rahbariyat beradi, biz esa qo'limizdan kelgancha yaxshi ishtirok etishimiz kerak. Men har doim jamoam oldiga eng katta maqsadlarni qo'yaman va biz ushbu maqsadga erishish uchun harakat qilamiz. 

Qirg'iz Respublikasi O'zbekistonga qo'shni davlat sanaladi. Ertangi uchrashuvda iqlim, qo'shnichilik ustunlik beradimi?

- Men bu narsaga ishongim kelyapti, lekin fikrimcha, bunday katta turnirlarda kichik narsalar ahamiyatsiz. Kuchlilar g'alaba qozonadi, bunga iqlim va qolgan jihatlarning aloqasi bo'lmaydi.

U-20 Osiyo Kubogi 1-turi doirasidagi Saudiya Arabistoni – Qirg'iz Respublikasi uchrashuvi ertaga "Bunyodkor" stadionida 17:00 da start oladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика