So’nggi yangiliklar

02:28"Барселона" - Испаниянинг 28 карра чемпиони!  42 01:42Бруну Фернандеш: "Умид қиламанки, келаси йили энг яхшиси мен бўлмайман"  0 00:55Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони!  3 00:35Альба шартномани узайтарди  0 23:57ЛаЛига. "Атлетико" сафарда мағлуб бўлди  1 23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  6 22:59АПЛда мавсумнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодлар маълум!  6 22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  1 21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  5 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  5 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  6 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  9 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  9 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  2 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  9

Qirg'iz Respublikasi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin: "Biz yangi jamoa qurmoqdamiz" Yangiliklar

Qirg'iz Respublikasi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin: "Biz yangi jamoa qurmoqdamiz"

"Navruz Cup-2022" musobaqasi doirasidagi O'zbekiston - Qirg'iz Respublikasi uchrashuvidan oldin Qirg'iz Respublikasi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida qatnashdi.

"Barchaga xayrli kun. Dastlab O'FAga taklif uchun rahmat aytmoqchiman. Menimcha barcha jamoalar uchun Osiyo Kubogi saralashidan oldingi so'nggi tayyorgarlik bo'ladi. Bu erda ekanimizdan xursandmiz", - dedi Aleksandr Krestinin.


- Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi shu paytga qadar O'zbekistonni yuta olmagan. Ertaga imkoniyatlarni qanday baholaysiz? 

- Tarixni o'zgartira olmaymiz, ammo biz yangi tarix yaratishga urinamiz. Ertaga ajoyib va qiziqarli o'yin bo'ladi, bunga shubha yo'q. 

- Ushbu musobaqadagi jamoalarning imkoniyatlarini haqida nima deya olasiz?

- Biz yangi jamoa qurmoqdamiz, 2019 yilgi Osiyo Kubogida o'ynaganlardan ko'pchiligi hozir termada yo'q. Ammo men yoshlarga ishonaman. Qirg'iz Respublikasining imkoniyati katta. 

- O'zbekiston terma jamoasida ko'plab legionerlar bor. Ularga qarshi qanday uslub qo'llamoqchisiz? 

- Ha xorijda o'ynayotgan futbolchilar haqida malumotga egamiz. Ammo qaysidir bitta futbolchiga etibor qaratmaymiz, biz O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o'ynaymiz. Balki ertaga shu futbolchilar o'ynamas, bilmaymizku to'g'rimi. 

- Namanganda qanday muxlislar borligini bilaman. Terma jamoa doim ham bu erda o'ynayvermaydi, tribuna to'la bo'ladi deb o'ylayman. Muxlislar bilan to'la stadionda o'ynash hammaga yoqdi. Ertaga 100 foiz shiddatli o'yin bo'ladi. 

- Terma jamoada yo'qotishlar bor. Koronavirus tufayli va jarohat tufayli Namanganga kela olmagan futbolchilar bor. Bu futbolning bir qismi hisoblanadi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика