Qayg'uli xabar: Serxio Aguero faoliyatini yakunlashi mumkin
12 noy 2021 15:21
Yangiliklar
Qayg'uli xabar: Serxio Aguero faoliyatini yakunlashi mumkin
"Barselona" hujumchisi Serxio Aguero sog'ligidagi muammo tufayli faoliyatini erta yakunlashi mumkin, deb xabar bermoqda AS nashri.
Tekshiruvlardan so'ng argentinalik futbolchining yuragida jiddiy muammolar aniqlandi. Katta ehtimol bilan Aguero endi futbolchi sifatida maydonga tushmaydi.
Eslatib o'tamiz, Aguero La Liga doirasida, "Alaves"ga qarshi o'yinning 41-daqiqasida ko'krak qafasidagi noqulaylik tufayli maydonni tark etgandi.
Fikrlar