Qatarning Osiyo Kubogi-2015 uchun yakuniy tarkibi ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
23 dek 2014, 10:59
Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi Jamol Belmadi Avstraliyadagi qita chempionatiga boradigan tarkibni e'lon qildi.
Murabbiy ro'yxatga Qatar safida 100dan ortiq o'yin o'tkazgan Sebastyan Soriyani kiritmadi.

Qatar OK-2015 "C" guruhida Eron, BAA va Bahrayn kabi jamoalar bilan birga kurash olib boradi.

 
Darvozabonlar: Qosim Burhon ("Al Garafa"), Saad Al Shib ("Al Sadd"), Ahmad So'fian ("Al Jayish")

Himoyachilar: Bilol Muhammad ("Al Garafa"), Muhammad Musa ("Lahviya"), Holid Mufta ("Lahviya"), Ibrohim Majid ("Al Sadd"), Abdulkarim Hassan ("Al Sadd"), Almahdi Ali Muhtor ("Al Sadd"), Abdulrahmon Akbar ("Al Jayish")

Yarim himoyachilar: Halfan Ibrohim ("Al Sadd"), Bualem Kxuki ("Al Arabi"), Abdulaziz Hatim ("Al Arabi"), Ismoil Muhammad ("Lahviya"), Karim Budiaf ("Lahviya"), Ali Assadalla ("Al Sadd"), Ahmad Abdulmaqsud ("Umm Salal"), Xolid Abdulrauf ("Al Jayish"), Muhammad Muntari ("Al Jayish")

Hujumchilar: Meshal Abdulloh ("Al Ahli"), Hassan Al Haydos ("Al Sadd"), Majid Muhammad ("Al Jayish"), Muhammad Tresor Abdulloh ("Lahviya")

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia