So’nggi yangiliklar

18:00Париж-2024. Ўзбекистон - Испания (матнли трансляция)  23 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  42 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  21 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  3 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  7 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  16 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3

Qatar nega bunchalik kuchli ekanini bilmaysizmi? Unda bu maqolani o'qing Yangiliklar

Qatar nega bunchalik kuchli ekanini bilmaysizmi? Unda bu maqolani o'qing

Qatar yozning asosiy turnirini munosib boshlab oldi.

Ular g'alabani maqsad qilgan Paragvay bilan 2:2 hisobida durang qayd etishdi. Qatar hammani hayron qoldirmoqchi, buning uchun ularda juda yaxshi imkoniyat bor.


80 yillar oxirida Quvayt neftdan kelgan daromadni SSSR bilan ko'rgazma uchrashuvlariga sarfladi, cho'lni yashil rangga burkantirdi va xatto Platinini qaytardi: Mishelga judda katta pul to'langanidan u faoliyatini tikladi va yarim taym arabga aylandi. Hozir Quvayt FIFA reytingida 158-o'rinni egallab turibdi.


2019 yilning yanvarida Qatar Osiyo Kubogida qitaning eng yaxshi terma jamoalarini taslim etdi, darvozasidan birorta gol o'tkazmay finalgacha etib bordi va dunyo darajasidagi terma jamoa - Yaponiyani mag'lub etdi.


Yaponiyaliklar safida top-5 liga va "Redd Bull" hamda "Galatasaroy" vakillari to'p tepadi. Qatar safida esa xatto osiyoliklar tanimaydigan futbolchilar maydonga tushishdi. Ularning hammasi ham qatarlik emas, biroq bu futbolchilar hujjatida quyidagi so'zlar mavjud: Aspire Academy tarbiyalanuvchisi.


Qatar hammasini mahalliylashtirishdan boshladi, biroq keyin yo'nalishni o'zgartirdi

O'tgan asrning oxirigacha Qatar aholisi kambag'al hayot kechirar edi. 1970 yillarda mamlakat mustaqil bo'ldi va neftsanoatini milliylashtirdi. Bugungi kunda Qatar aholi jon boshiga YAIM bo'yicha dunyoning oltinchi mamlakatig hisoblanadi.


Mamlakatning 88% fuqarosi - mehnat migrantlari. Mahalliy aholi neft eksportidan foiz oladi va shu sababli ishlashmaydi yoki yirik milliy va xususiy biznes loyihalar rahbarligida o'tirishadi. Ular neft va gaz zaxirasi tuganmas emasligini yaxshi bilishadi, shu tufayli boshqa sohalarga pul tikishmoqda: Evropa aviakompaniyalarini sotib olishyapti, yirik shaharlarda ko'chmas mulk xarid qilishyapti, turistik infratuzilma va metallurgiyani rivojlantirishmoqda.


Qatar sport bo'yicha ham dunyoning etakchilaridan biriga aylanmoqchi. Ular 90 yillar oxirida top sportchilarga pasport bera boshlashdi: gandbol bo'yicha kuchli terma jamoa yig'ildi, og'ir atletikaga bolgariyaliklar olindi va uzoq masofalarga yugiradigan keniyalik Stiven CHerononi mahalliylashtirdi (u faoliyatini yakunlagan va umrining oxirigacha Qatardan oyiga 1000 dollar oladi).

Futbol boshqa sport turlaridek tezda rivojlanib ketmadi. Qatar avvaliga bir necha janubiy amerikaliklarni mahalliylashtirdi va xatto "Verder" to'purari Ailtonni ko'ndirdi: braziliyalik 1,4 mln. evro evaziga arablarni JCH-2006ga olib chiqishga rozi bo'ldi, ammo FIFA fuqarolikni almashtirishni bloklab qo'ydi.


O'shanda Qatar futbol rivojiga nisbatan yondashuvni o'zgartirdi.


Aspire uchta qitada mavjud va akademiyada ispan futboli o'rgatiladi

Jasim Al-Tani Qatarning voris shahzodasi edi, ammo u 2003 yilda ukasi foydasiga taxtdan voz kechdi. SHayx o'zining bor kuchini futbolga yo'naltirdi - 2004 yilda uning tashabbusi bilan Aspire Academy yaratildi.

Tanqidchilarning fikricha, Qatar JCH-2022 mezbonligiga erishish uchun akademiyani rivojlantirgan, biroq saylovdagi muvaffaqiyatdan so'ng akademiyaga sarflanayotgan pul hajmi kamaymadi. Jasimning g'oyasi biroz g'alati edi: Qatarni futbol olamining etakchilaridan biriga aylantirish.


Muammo shundaki, qatarliklar bor-yo'g'i 313 mingni tashkil qiladi - CHilonzor tumani aholisi qatarliklardan ko'proq (2015 yil statistikasiga ko'ra - 323 ming kishi). Ularning ko'pchiligi uchun sport umuman qiziq emas, shu sababli mahalliy chempionat o'yinlarini ko'rish uchun stadionlarga kirgan muxlislarga 8 dollardan to'lashadi. Futbolga qiziqadiganlar esa bolaligidan hech narsaga muhtoj emas va pul ishlab topish uchun kechgacha mashg'ulotlarda ter to'kmasdi.


Bunday sharoitda ko'plab kuchli futbolchilarni etishtirib bo'lmaydi, shu sababli Jasim boshqa yo'lni tanladi. SHayx bor manbalardan maksimum foyda chiqarish uchun yuzlab yulduz psixolog, fiziterapevt va bolalar murabbiylaridan jamoa yig'di. Ular atletika, qilichbozlik, stol tennisi, gimnastika bo'yicha sportchilar tayyorlashadi.


Futbol yo'nalishini La Masiya sobiq skauti va direktori, 13 yoshli Messini "Barselona"ga olib kelgan Xosep Kolomer boshqardi. Kolomer "Barselona"daligida keyingi Messi Afrikadan bo'lishini aytgan edi. Iqtidorli futbolchilarni izlash boshlandi, ammo avvaliga mahalliy akademiyalardan.

"Biz Qatar klublarining eng yaxshi yoshlarini tanlab oldik va ularni milliy terma jamoa uchun tayyorladik. Bizda klub yo'q edi, shu sababli tarbiyalanuvchilar dam olish kunlari o'z klublari safida to'p tepishardi. Ammo bor etibor akademiyaga qaratilgan edi: Turnir tashkil qilsak, futbolchilar klubda emas, bizning musobaqada ishtirok etishgan.

Aspire - milliy loyiha, shu sababli yoshlar orasida raqobat deyarli yo'q edi. Bundan tashqari, klublarning o'zi bizga iqtidorli futbolchilarni taklif qilardi. Qatarda 16ta klub borligi va ularning hammasi bitta shaharda ekanligi qidiruvlarni osonlashtirdi" - deya xotiralarni yodga oldi Feliks Sanches.


Umumiy metodologiya (uslub) tezda paydo bo'lmadi. Futbol bo'limida Ispaniya, Gollandiya hamd Germaniyadan kelgan mutaxassislar ishlardi va ular odatiy uslubdan foydalanishgan. "Real Sosedad" sobiq direktori va murabbiyi Roberto Olabe kelgunicha shunday edi: U ispan futboliga asoslangan umumiy tayyorgarlik koncepciyasini ishlab chiqdi.


Skautlar tezda mahalliy futbolchilarni yig'ib qo'yishdi va koncepciyani o'zgartirishdi. 2007 yilda akademiya Aspire Africa programmasini ishga tushirdi. Tanqidchilar Qatarni afrikalik eng yaxshi yoshlarni mahalliylashtirmoqchi bo'lganlikda aybladi, ammo eng kuchli tarbiyalanuvchilar o'z fuqaroligini saqlab qolishdi va o'z terma jamoalari sharafini himoya qilishmoqda. Kolomer afrikaliklarni akademiyada raqobat oshishi uchun olib keldi.

Akademiya kichik shaharlar va qishloqlardagi minglab musobaqalarga homiylik qildi, Afrika radio va televideniyalarida katta reklama kampaniyasini ishga tushirdi. Aspire xodimlari dunyodan uzilgan eng chekka hududlargacha kirib borishdi, u erda turnirga taklif qilingan plakatlar yopishtirildi. Xatto bir murabbiyni o'g'irlab ketishdi va sakkiz soat so'roq qilishdi - Qatar loyihasi Nigeriya hukumatiga shubhali tuyildi.


Aspire murabbiylari bir yil ichida Marokash, Kamerun, Nigeriya, Senegal, Gana, Keniy va JARdan kelgan 450 mingdan ortiq bolalarni ko'rikdan o'tkazishdi. Har bir mamlakatdan 50 nafardan bolani tanlab olishdi. So'nggi 42ta bolakay Dohaga yuborildi.


Afrikalik yigitchalar Aspire taxmin qilganidan iqtidorliroq bo'lib chiqdi: Uch nafar eng yaxshi bol qolishi kerak edi, ammo 20 o'smirga stipendiya to'landi - ularning bir qismi Dohada qoldi, boshqalar uchun esa Senegalning Sali shahrida akademiyaning filiali ochildi. Bolalar doimiy tibbiy xizmat, ekipirovka, talim, vataniga bepul aviachipta, ovqatlanishga ega bo'lishdi, bundan tashqari har oy ularga bir necha yuz dollar to'lab turildi va yil oxirida afrikaliklarning oilasiga 5 ming dollar yuborildi.

Hozirgacha akademiya Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida istiqomat qiluvchi 17 milliondan ortiq bolakaylarni ko'rikdan o'tkazdi. Aspire akademiyasining 40dan ortiq stipendiya oluvchilari turli yoshlarda o'z terma jamoalari sharafini himoya qiladi. Senegaldagi filial tarbiyalanuvchilari esa Messi bilan tanishishdi, 2013 yilda Leo Salida bezgak bilan kurash kampaniyasi haqida elon qilganini eslaysizmi? Bu kampaniyani Aspire ishga tushirgan: Akademiya xodimlari ishlagan har bir hududda tibbiy markazlar ochildi va 400 mingta chivinga qarshi to'rlar tarqatildi.


Tarbiyalanuvchilarni yo'qotmaslik uchun Aspire Ispaniya va Belgiyada klublar sotib oldi

2010 yilda rahbariyat oldida yangi vazifa paydo bo'ldi. Boshqa mashhur akademiyalardan farqli o'laroq, Aspire biror klubga tegishli emas - tarbiyalanuvchilar faoliyatini qaerda davom ettirishni bilmaydi. Ularni Qatar jamoalariga tarqatib yuborish mumkin, ammo liga na obro' va na daraja bilan maqtana olmasdi.


Xosep Kolomer va Andres Bleyxer (o'sha vaqtdagi akademiya direktori)da boshqa fikr paydo bo'ldi: Evropa klublarini sotib olish va o'sha klublarda tarbiyalanuvchilarni o'ynatish. Bosslar evroittifoqdan bo'lmagan futbolchilar uchun limit mavjud bo'lgan Angliya, Franciya, Ispaniya va Italiyadan voz kechishdi. Ularga ko'proq Belgiya to'g'ri kelardi: Birinchidan, afrikalik tarbiyalanuvchilarga franuzchada gaplashiladigan mamlakatda osonroq bo'ladi, ikkinchidan, uch yildan so'ng Belgiya pasportini olish mumkin.


Bryussel (Belgiya poytaxti) yosh futbolchilarning boshini tez aylantirib qo'yishi mumkin edi, shu sababli chetroq hudud tanlandi. "Eypen"da to'xtashdi, mer va shahar fuqarolarini ko'ndirishdi (ko'pchilik mahalliy autsayder sotilishiga qarshi edi), klubning 4 mln. evrolik qarzlarini yopishdi. Jamoaning eski futbolchilaridan qutilib, o'z yosh futbolchilari uchun joy ajratishdi.

Aspire 2015 yilda Ispaniyaning "Kultural Leonessa" klubini 1,7 mln. evro evaziga sotib oldi, ammo "Eypen" Qatar akademiyasining asosiy klubi bo'lib qoldi. Eng yaxshi tarbiyalanuvchilarni Belgiyaga yuborishdi.


Futbolchilar rivojlanishi uchun ularga agent biriktirib qo'yildi. Ularning hammasiga Senegaldagi filial sobiq direktori Lamin Savan agentlik qildi. U futbolchilarga emas, Aspire akademiyasiga ishlaydi va maoshni ham o'sha erdan oladi.


Aynan shu sabab tufayli g'arb matbuoti ularga ko'p bosim o'tkazdi. 2007 yilda The Observer akademiyani tarbiyalanuvchilarni mahalliylashtirishda aybladi, ammo ayblovlar o'zini oqlamadi. Xatto Zepp Blatter ham shu gaplarni aytgan edi, ammo akademiyaga tashrif buyurganidan so'ng so'zlarini qaytarib oldi.


"Mening oilam Kataloniyadagidek yashaydi. Qatarliklar dinga ko'p etibor berishadi, ammo boshqa madaniyatlarni hurmat qilishadi. Ularda mast xolda mashina boshqarish kabi qoidabuzarliklar uchun jiddiy jazolar mavjud. Gazetalar Qatarga qarshi ko'p yolg'onlarni yozishadi" - deydi terma jamoa bosh murabbiyi Feliks Sanches.


Qatar Osiyo Kubogida g'olib bo'ldi, Aspire akademiyasining afrikalik tarbiyalanuvchilari esa Evropada hammani hayron qoldirishmoqda


SHu yilning fevral oyida Aspire akademiyasining 10 nafar tarbiyalanuvchisi Osiyo chempioniga aylanishdi. Ularning orasida transfer huquqi "Vilyarreal"ga tegishli bo'lgan Akrom Afif va turnirning eng yaxshi to'purari Almoez Ali bor. Finalda maydonga tushgan besh futbolchi bolaligidan beri Feliks Sanches qo'lidan tahsil olgan.


Feliks 2006 yilda Aspirega o'tgan, bungacha esa La Masiyada ishlagan. Kataloniyada u Deulofeu va Serxi Roberto bilan ishlagan. Sanches 2014 yilda o'smirlar bilan U19 Osiyo Kubogida g'olib bo'ldi, Endi esa Karlush Keyrush va Xuan Antonio Picci kabi mutaxassislarni taslim etyapti. Feliks o'z o'quvchilari kabi akademiyada o'sdi.


"To'pni nazorat qilishni yaxshi ko'ramiz, ammo biz Qatar ekanligimizni bilamiz. Agar doimo oddiy o'ynaganimizda, erta bosqichlarda turnirdan chiqib ketgan bo'lardik" - deydi ispaniyalik mutaxassis.


Aspire akademiyasining eng yaxshi tarbiyalanuvchilari Qatarda o'ynashmaydi. 20 yoshli senegallik Mussa Vage Rossiyadagi JCH-2018 kashfiyotiga aylandi, "Barselona" 5 mln. evro evaziga tezkor lateralni sotib oldi. Evropaning ko'plab top-klublari esa Genri Onekuru ortidan ikki yil quvishdi: Hozir u "Everton"ga tegishli va "Galatasaroy" safida 22ta uchrashuvda 9ta gol urdi.

20 yil oldin Qatar Quvayt yo'lidan ketishi mumkin edi, ammo o'z vaqtida nafaqaxo'r-yulduzlar gastrolidan voz kechishdi. Umumiy mahalliylashtirish o'rniga, fundamentga etibor qaratishdi va hozir Osiyo futbolining etakchisiga aylanishdi. Aspire uchinchi olamning bosh akademiyasiga aylandi: Uning o'nlab tarbiyalanuvchilari o'z terma jamoalari sharafini himoya qilmoqda.

Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика