So’nggi yangiliklar

18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  0 18:08U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23. Таркиблар маълум  4 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  6 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   16 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  5 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  11 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   2 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2

Qatarga borish yo'lida 2-turdan keyingi vaziyat qanday? Yangiliklar

Qatarga borish yo'lida 2-turdan keyingi vaziyat qanday?

Kecha Quvayt terma jamoasi pokistonliklar darvozasiga ikkita gol urdilar. Iordaniya esa 4:0 hisobida g'alaba qozondi.

3-turdan avval Iordaniya o'zi uchun Qatar masalasini hal qildi deb aytishimiz mumkin. Guruh favoritining hisobida 6 ochko va 9:0 to'plar nisbati. 

Quvayt esa hozircha "osilib" turibdi. Ertaga bo'lib o'tadigan o'yinda ularni faqat g'alaba qanoatlantiradi. Durang O'zbekiston yoshlar terma jamoasining foydasiga. Agar Iordaniya bu o'yinda ikkinchi tarkibi bilan ishtirok etsa va mag'lubiyatga uchrasa Quvaytni o'zi bilan Osiyo chempionatiga olib chiqqan bo'ladi. Har qanday hisobdagi g'alaba Quvaytni guruhda birinchi o'ringa olib chiqadi. Iordaniya 4:0 hisobida mag'lubiyaga uchragan taqdirda ham to'plar nisbati +5 bo'ladi va bizdagi qizil kartochka tufayli Rio-2016 sari yurishini davom ettira oladi. Ikkita yo'lga ko'ra O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatiga chiqishi mumkin:

1. Iordaniya - Quvayt o'yini durang bilan tugashi. Bu holatda Quvayt guruhda qolib ketadi.

2. Iordaniya Quvaytga 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchrashi. Bunisida esa Iordaniya yo'llanmani qo'ldan boy beradi.

Hindiston mo'jizasi yodingizdami? Demak, ertani kutamiz... Ha aytganday, Ertaga Iordaniya bizning foydamizga xizmat qiluvchi natija uchun maydonga chiqish ehtimoli katta. Agar haqiqatdan ham shunday bo'lsa biz ulardan albatta minnatdor bo'lamiz, ammo undan keyin olimpiya terma jamoamizga qadamini o'ylab bosishni taklif qilamiz. 

Avval chiqib olaylik, keyin bir fikr bor....

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика