Qatardagi xodimimizdan eksklyuziv: Ronaldu o'yindan keyin g'alabani jamoadoshlari bilan nishonlamadi va kiyim almashtirish xonasiga yo'l oldi
07 dek 2022 08:50
Yangiliklar
Qatardagi xodimimizdan eksklyuziv: Ronaldu o'yindan keyin g'alabani jamoadoshlari bilan nishonlamadi va kiyim almashtirish xonasiga yo'l oldi
JCH-2022 1/8 finalida Portugaliya TJ 6:1 hisobida SHveycariyani tor-mor etdi. Krishtianu Ronaldu uchrashuvni zaxiradan boshladi va 2-taym o'rtalarida Joau Feliks o'rniga maydonga tushdi.
Final xushtagi chalinganidan keyin 37 yoshli forvard termadagi sheriklari va raqiblar bilan qo'l berishdi. Keyin esa u muxlislar sektori tomonga borib, ularga minnatdorchilik bildirdi va to'g'ri echinish xonasiga yo'l oldi. Aniqrog'i, Krishtianu g'alabani umumiy jamoa azolari bilan maydonda nishonlamadi, portugaliyaliklar maydonda xursandchilik qilayotgan vaqtda u kiyim almashtirish xonasida edi.
Eslatib o'tamiz, Ronalduning o'rniga asosiy tarkibda maydonga tushgan Gonsalu Ramush xet-trikka erishdi. Krishtianu esa 74-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shilib, 84-daqiqada gol urdi, ammo ofsayd tufayli uning goli bekor qilindi.
Qatardan maxsus: Tolibjon Qosimov
Fikrlar