Qatardagi JCHda ko'plab rekordlar o'rnatildi. Noyob natijalar ham bor!
03 dek 2022 18:51
Yangiliklar
Qatardagi JCHda ko'plab rekordlar o'rnatildi. Noyob natijalar ham bor!
Qatardagi jahon chempionati guruh bosqichi yakunlandi. Endilikda biz 1/8 finalning barcha juftliklari va turnir pley-offidagi "kartina"ni bilamiz. Endilikda etiboringizga ushbu mundialda o'rnatilgan rekordlarni taqdim etamiz.
Tarixda ilk bor jahon chempionatidagi birinchi gol penaltidan urildi
Qatar va Ekvador jamoalari o'rtasidagi o'yinda Enner Valensiya penaltidan foydalangan holda 16-daqiqada hisobni ochdi. Bu ekvadorliklar uchun jahon chempionatidagi birinchisi bo'ldi. Aslida jamoa forvardi qatarliklani beshinchi daqiqadayoq xafa qilgandi, ammo gol o'yindan tashqari holat sabab hisobga olinmadi.
Qatar — turnirning ochilish o'yinida yutqazgan ilk mezbon mamlakat
Qatar JCH-2022 ochilish o'yinida Ekvadorga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Qatarliklar shuningdek Senegal (1:3) va Niderlandiya (0:2)ga mag'lub bo'lgan holda guruhda umuman ochko to'plamagan ilk mezbon mamlakat bo'ldi, shuningdek ular mezbon sifatida JCH (7)ning ushbu bosqichida eng ko'p to'p o'tkazib yubordi.
Jud Bellingem — 2000 yildan so'ng tug'ilgan va JCHda gol urgan ilk o'yinchi
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Eronga 19 yosh 145 kunligida gol urdi. "Uch sherlar" tarkibida JCHda bundan yoshroq faqatgina Maykl Ouen (18 yosh va 190 kun) gol urgan.
Mexdi Taremi — jahon chempionatida eng kech gol urgan muallif
Eron terma jamoasi forvardi Angliyaga qarshi o'yinda tabloda 102:30 soni porlab turganda penaltidan gol urdi. Ammo, Taremining goli Eronni qutqara olmadi — 2:6.
Jahon chempionatidagi eng uzoq o'yin — 117:16
Angliya va Eron terma jamoalari qo'shimcha vaqtlarni hisobga olmaganda, jahon chempionatlari tarixidagi eng uzoq o'yinni o'tkazishdi. O'yin bosh hakami birinchi bo'limga 14, ikkinchisiga esa 10 daqiqa qo'shib berdi. Jamoalar yakunda butun 117 daqiqa va 16 soniya o'ynashdi. Oldingi rekord Janubiy Koreya — Boliviya uchrashuvida JCH-1994 (103:56)da qayd etilgan.
Lionel Messi — to'rtta JCHda gol urgan ilk argentinalik
Argentina terma jamoasi sardori 2006, 2014, 2018 va 2022 yilgi jahon chempionatlarida gol urdi. Leo to'rtta turnirda ham gol urgan ilk argentinalik bo'ldi. Lionel Messi mundialdagi debyut golini 16 yil oldin urdi — u 2006 yilning iyunida Serbiya va CHernogoriya terma jamoalari darvozasini ishg'ol qilgan.
Polsha — JCHda ketma-ket uch penaltidan gol ura olmagan tarixdagi ilk terma jamoa
Polsha Meksika (0:0) bilan durang o'ynadi. O'yinning 58-daqiqasida Robert Levandovski penaltidan foydalana olmadi. Gilermo Ochoa zarba yo'lini topdi va to'pni qaytardi.
Luka Modrich — jahon chempionatida ham, Evropa chempionatida ham turli o'n yillikda o'ynagan tarixdagi ilk o'yinchi
Xorvatiya terma jamoasining 37 yoshli yarim himoyachisi JCHda 2006, 2014, 2018 va 2022 yillarda o'ynagan. Evroga esa 2008, 2012, 2016 va 2021 yillarda borgan.
Jon Xerdman — jahon chempionatida ham erkaklar, ham ayollar jamoasini boshqargan holda ishlagan tarixdagi ilk murabbiy
Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Jon Xerdman erkaklar jamoasiga qadar Yangi Zelandiya (JCH-2007 va JCH-2011) va Kanada (JCH-2015)ning ayollar jamoasida ishlagan.
Krishtianu Ronaldu — beshta JCHda gol urgan tarixdagi ilk o'yinchi
Portugaliyalik bu ko'rsatkich bo'yicha Lionel Messi, Miroslav Kloze, Pele va Uve Zellerdan o'tib ketdi. Ularning barchasi to'rtta JCHda gol urishgan.
Serbiya — birinchi bo'limning qo'shimcha daqiqalarida ikkita gol urgan JCH tarixidagi ilk jamoa
Serblar Kamerunga qarshi o'yinda 2:1 hisobi bilan tanaffusga yo'l olishdi. Straxinya Pavlovich va Sergey Milinkovich-Savich mos ravishda 45+1 va 45+3 daqiqalarda gollar urishdi. Serbiya o'sha o'yinni 3:3 hisobidagi durang bilan yakunladi.
Braziliya — JCH guruh bosqichida ketma-ket 17ta o'yinda mag'lubiyatga uchramagan ilk terma jamoa
Besh karra chempionlar guruh bosqichida Serbiya (2:0) va SHveycariya (1:0)ni mag'lub etishdi, ammo o'z seriyalarini yakunlagan holda Kamerun (0:1)ga yutqazishdi.
Stefani Frappar — erkaklar o'rtasidagi JCHda bosh hakam bo'lgan ilk ayol
Francuz 1 dekabrda o'tgan Kosta-Rika — Germaniya o'yinida hakamlik qildi. O'yin nemislar (4:2)ning g'alabasi bilan yakunlandi, Frappar esa bitta sariq kartochka ko'rsatdi.
Leo Messi Argentina terma jamoasida JCHdagi o'yinlar soni bo'yicha rekord o'rnatdi
Argentina terma jamoasi sardori mundialda 22ta o'yin o'tkazdi. U bu ko'rsatkich bilan JCHdagi 21ta o'yinga ega bo'lgan Diego Maradonadan o'tib ketdi.
Saudiya Arabistoni JCH guruh bosqichida sariq kartochkalar bo'yicha rekord o'rnatdi
Jamoa JCH-2022da 14ta sariq kartochka oldi: Argentina bilan olti, Polsha bilan ikki va Meksika bilan oltita.
Marokash terma jamoasi ochkolar jamg'arish bo'yicha Afrika jamoalari orasida rekord o'rnatdi
Marokashliklar JCH-2022 guruh bosqichida etti ochko jamg'arishdi. Bunaqasini hech bir Afrika terma jamoasi qila olmagan.
Manauel Noyer JCHda darvozabonlar orasida o'yinlar soni bo'yicha rekord o'rnatdi
Germaniya terma jamoasi darvozaboni JCHda 19ta o'yin o'tkazdi. Oxirgisi Kosta-Rikaga qarshi. Noyer bu ko'rsatkich bo'yicha Klaudio Taffarela (18), Zepp Mayer (18), Piter SHilton (17), Iker Kasilyas (17), Dino Zoff (17) va Faben Bertez (17)dan o'tib ketdi.
JCH guruh bosqichida hakamlar qancha vaqt qo'shib berishdi?
Hakam guruh bosqichidagi 48ta o'yinda 511 daqiqa qo'shib berdi. Bu to'liq beshta o'yin! Ilk davrada — 178 daqiqa, ikkinchisida 166, uchinchisida esa 167.
Alisher Ostonov tarjimasi
Fikrlar