Qatarda o'tadigan 2022 yilgi jahon chempionatining 4-stadioni 18 dekabrda ochiladi
02 dek 2020 21:20
Yangiliklar


Qatarda o'tadigan 2022 yilgi jahon chempionatining 4-stadioni 18 dekabrda ochiladi
Qatarda yana bir stadioni qurilishi tugallandi.
2022 yilgi jahon chempionatiga tayyor bo'lgan 4-stadion “Al Rayyan” bo'lib, u 18 dekabr – “Qatar milliy kuni”da, musobaqa boshlanashida roppa-rosa ikki yil oldin rasman ochiladi.
“Al Rayan”da Amir Kubogi finali o'tkaziladi, unda “Al Sadd” va “Al Arabi” to'qnash keladi. Stadion sig'imi 40 ming tomoshabin.
Avvalroq, Qatarda “Xalifa xalqaro stadioni”, “Al Janub” va “Edyukeyshn Siti” o'yingohlari tayyor bo'lib, foydalanishga topshirilgandi.
Eslatib o'tamiz, JCH-2022 21 noyabrdan 18 dekabrgacha o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar