So’nggi yangiliklar

12:00"Манчестер Юнайтед" "Реал Сосьедад" голкиперини сотиб олмоқчи  0 10:47EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум  5 10:20Анчелотти «Бавария»нинг шикоятларига жавоб қайтарди  25 09:48Жошуа Киммих қайси жамоага ўтиш ниятида эканлиги маълум  5 09:25Томас Тухель мағлубият сабабини ошкор қилди  10 09:03Кейн «эффекти». «Бавария» неча йилдан сўнг мавсумни кубоксиз якунлади?  13 08:39Sofascore. Кечаги учрашувда энг катта баҳо олган футболчи маълум  3 08:15Суперлига. Апрель ойининг энг яхши футболчиси ва мураббийи бўлиш учун даъвогарлар эълон қилинди  5 07:53Карло Анчелотти кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  19 07:30«Реал Мадрид» — «Бавария» учрашувининг «man of the match» соҳиби маълум  14 07:06Про лига. Бугун 7-турга старт берилади  1 06:30Чемпионлар лигаси 1/2 финал. "Реал Мадрид" - "Бавария" 2:1   0 03:20Томас Тухель: "Футбол қоидаларининг очиқчасига бузилиши"  40 03:12Томас Мюллер ҳакамнинг қарори ҳақида: "Бунақаси Мадридда тез-тез бўлиб туради. Роналдунинг офсайддан урган икки голи бунга мисол"  34 02:57Матиас Де Лигт: "Шармандалик! Қанот ҳаками менга "кечир, хато қилдим", - деди"  44

"Qatarda kamchilikni aytmasingizdan avval hal qilishadi. Tramplin faqat Toshkent bo'lishi kerakmi? " - Islom To'xtaxo'jaev Yangiliklar

"Qatarda kamchilikni aytmasingizdan avval hal qilishadi. Tramplin faqat Toshkent bo'lishi kerakmi? " - Islom To'xtaxo'jaev

Qatarda to'p tepayotgan legionerlarimiz yana bittaga ko'paydi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Qizilqum" klubi himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev endilikda faoliyatini Qatarning "Al Garafa" klubida davom ettiradi. Bu hamyurtimiz uchun legioner sifatidagi ikkinchi klubidir. 2020 yilgi mavsumda Xitoyning "SHenyang Urban" jamoasida to'p tepgan futbolchi orada malum vaqt navoiylik sharafini himoya qildi. Uning Qatardagi dastlabki taassurotlari qanday? "Al Garafa" varianti qaerdan paydo bo'ldi? Klubda qanday sharoitlar yaratilgan? 


Islom To'xtaxo'jaev "Al Garafa" bilan shartnoma imzoladi


— "Al Garafa"dan taklif tushganini Sarvar SHoahmedov aytib qoldi. Yakunda klubdagilar bilan maslahatlashgan holda bir qarorga keldik. Faoliyatimda yangi sahifa ochilyapti. O'ylaymanki, "Al Garafa"ga yordamim tegadi. Etiborimni tortgan jihat, klubda ko'tarinki kayfiyatda kutib olishdi. SHaroitlar alo darajada. Faqat futbol haqida o'ylaysiz. Boshqa narsalarga chalg'imaysiz. Biror kamchilikni aytmasingizdan hal qilib qo'ygan bo'lishadi. 

Yuqorida takidlaganimizdek faoliyatida ikkinchi bor legionerga aylangan Islom To'xtaxo'jaevning Qatardagi maqsadlari katta. Xitoydagiga qaraganda ko'proq muvaffaqiyat qozonishni niyat qilgan. Lekin futbolchining yangi jamoada o'ynab ketishi bir necha omillarga bog'liqligini ham unutmaslik lozim. Suhbatdoshimizning bu boradagi fikrlari quyidagicha bo'ldi. 

— Ha, bu ikkinchisi. Inson doim harakatdan to'xtamasligi kerak. Oldinga intilish zarur. Barchasi o'zimga bog'liq. Mehnatdan qochmasam jamoaga tezroq kirishib ketaman. Bunga albatta malum vaqt ketadi. 

O'zbekistonlik futbolchilar uchun odatda poytaxt klublari kuchli chempionatlarga yo'l olishi uchun tramplin vazifasini o'taydi. Endilikda sekin-asta viloyat jamoalarida ham bu jarayon yuz berayotgan yoqimlidir. Xo'sh, bu ishni faqat Toshkent jamoalari bajarishi kerakmi? 

— Avvallari O'zbekistondagi barcha eng yaxshi futbolchilar Toshkentda yig'ilardi. Bunday holat ko'p yuz bergan. Etibor bersangiz, hozirda qolgan jamoalarda ham nomlar etarlicha. Superliga ham ancha qizg'in pallaga kirib boryapti. Sabab sifatida shularni keltirishim mumkin. 

Qatarda Sardor Rashidov, Temurxo'ja Abduxoliqov, Sanjar SHoahmedov, Sanjar Tursunov o'zlaridan yomon taassurot qoldirishmagan. Bu borada Islom To'xtaxo'jaev qanday maslahat oldi?

— Ularga maslahatlari uchun rahmat aytaman. Fursatdan foydalanib O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoevga ham minnatdorchilik bildiraman. 

"Al Garafa"ni italiyalik Andrea Strammachoni boshqarmoqda. Murabbiy bilan ilk suhbat qanday bo'lgani va nimalar istayotgani haqida ham so'radik.  

— Birinchi navbatda ajoyib inson. Tajribamdan kelib jamoadagi yosh futbolchilarga ko'maklashishimni takidladi. Jamoada o'zim o'rgangan 20 raqamda o'ynayman.

Bilasiz, joriy yil Qatarda har to'rt yillikning nufuzli musobaqasi Jahon chempionati o'tkaziladi. SHaxarda tayyorgarlik kayfiyati qanday? Hamyurtimiz uchrashuvlarni qaerdan tomosha qiladi? Himoyachi bunga javobi shunday bo'ldi.  

— Tayyorgarlik qizg'in ketayotgani yaqqol ko'rinib turibdi. Xudo xohlasa Jahon chempionatini stadiondan kuzatish nasib qilsin. SHaxsan o'zim Braziliya terma jamoasiga muxlislik qilaman.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика