Qatarda hakamlarni JCH-2022ga tayyorlash bo'yicha FIFA seminari bo'lib o'tmoqda
01 mar 2019 10:12
Yangiliklar


Qatarda hakamlarni JCH-2022ga tayyorlash bo'yicha FIFA seminari bo'lib o'tmoqda
Seminarga UEFA, OFK va Okeaniya Futbol Konfederaciyasidan jami 21 nafar referi va 19 nafar VAR hakamlari taklif etilgan.
Seminarni o'tkazishdan asosiy maqsad Qatarda bo'lib o'tadigan JCH-2022, shuningdek, U-17 va Polshadagi U-20 Jahon chempionatlarida ishlaydigan hakamlarni saralab olishdan iborat. Mazkur seminar 1 mart kuniga qadar davom etadi. Seminarda hamyurtimiz Farhod Abdullaev instruktor sifatida ish olib bormoqda.
Seminar instruktorlari:
Xorxe Larrionda - Urugvay
Oskar Ruis - Kolumbiya
Subhiddin Solih - Malayziya
Farhod Abdullaev - O'zbekiston
Valentin Ivanov - Rossiya
KONKAKAF, KONMEBOL va Afrika Futbol Konfederaciyasi hakamlari uchun mo'ljallangan FIFA seminari shu yilning 13-17 fevral kunlari bo'lib o'tganini ham takidlash zarur.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar