Qatarda hakamlar seminari bo'lib o'tyapti
07 jan 2016 15:43
Yangiliklar
Qatarda hakamlar seminari bo'lib o'tyapti
Xabaringiz bor, 12 yanvar kuni Qatarda 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo chempionati start oladi.
Mazkur qita birinchiligida terma jamoamizdan tashqari, hakamlarimiz va nazoratchi-instruktorimiz ham ishtirok etadi. Xususan, FIFA instruktori Farhod Abdullaev musobaqada ham nazoratchi ham instruktor sifatida qatnashsa, Ilgiz Tantashev bosh hakam, Jahongir Saidov qanot hakami bo'lib ishlaydi.
Aytish kerak, ayni kunlarda Qatarda hakamlar seminari bo'lib o'tmoqda. Seminarda musobaqada ishlaydigan 33 nafar hakam ishtirok etyapti. Ularning orasida hamyurtlarimiz Tantashev va Saidov ham bor. Seminarda hakamlarga maruza o'qiyotgan besh nafar instruktordan biri Farhod Abdullaevdir.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar