So’nggi yangiliklar

09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  8 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  1 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  0 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  0 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  3 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  1 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  2 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  1 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  3 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  3 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  6 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1

Qatar termasi bosh murabbiyi: "Akrom Afif Eron himoyasiga qanday muammo tug'dirishni yaxshi bilardi" Yangiliklar

Qatar termasi bosh murabbiyi: "Akrom Afif Eron himoyasiga qanday muammo tug'dirishni yaxshi bilardi"

Osiyo kubogining ikkinchi yarim final o'yinida Eronni mag'lubiyatga uchratgan Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi Markes Lopes va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Akrom Afif matbuot anjumanida qatnashishdi.

- Akrom Afifning g'alaba haqidagi fikri qanday?

- Oson o'yin bo'lmadi. Bugun g'alabaga biz munosib edik. Eng muhim o'yin endi bo'ladi. Bizni fantastik tarzda qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat.

Markes Lopes, g'alaba haqida fikr bildirsangiz...

Men baxtliman. O'yinchilar uchun ham xursandman. Biz juda katta sinovdan ajoyib tarzda o'tdik. Qatarlik muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. Endi bizda faqatgina final o'yini qoldi. Amaldagi chempion sifatida o'z titulimizni munosib himoya qilishga harakat qilamiz.

Jamoani qabul qilganingizga ikki oygina bo'ldi. Bunday qisqa muddat ichida jamoaga o'z falsafangizni singdirish qiyin bo'lmadimi?

Ha, terma jamoaga yaqinda keldim, ammo men anchadan beri Qatarda faoliyat olib boraman. Milliy jamoadagi deyarli barcha futbolchini juda yaxshi bilaman. O'yinchilar mening g'oyalarimga to'liq ishonishdi va topshiriqlarimni alo darajada bajarishdi. Hammasi shu. Bugun bizni qo'llab turgan barcha muxlislarga rahmat aytaman. Hozirgi payt oldimizda turgan yagona vazifa bu final o'yinida g'alaba qozonish. Bugun g'alabani nishonlab, ertadan final haqida o'ylaymiz.

Akrom, Osiyo kubogi Qatar mezbonlik qilayotgan ikkinchi katta turnir. Bir yil oldin Jahon chempionatida qatnashdingiz. Mundialdagi ishtirok unchalik ham qoniqarli chiqmadi. Osiyo kubogida Jahon chempionatida orttirilgan tajriba qanchalik qo'l kelmoqda?

Har bir musobaqadan ko'p narsa o'rganamiz. Jahon chempionati biz uchun birinchi mundial edi. O'shanda jamoa sifatida ancha qiynalgandik. Bu safargi Osiyo kubogi o'z uyimizda o'tayotgan ikkinchi turnir. Biz bu gal ham ko'p narsa o'rganmoqdamiz. Umuman olganda, har bir turnirdan yangi saboq olamiz.

Janob murabbiy, final o'yinida Iordaniyaga qarshi qanday taktikada harakat qilasiz?

Finalda nima qilishni hali bilmayman. Ertadan finalga tayyorlanamiz. Bugun esa Eron ustidan qozonilgan g'alabani nishonlaymiz.

- Janob Lopes, Qatar termasini boshqarayotganingizga ko'p bo'lmadi. Jamoa bugun finalga chiqdi. Siz Qatar termasiga to'liqligicha o'z g'oyalarimni singdirdim deb hisoblaysizmi yoki Karlush Keyrush qilgan ishlarni davom ettiryapsizmi?

Keyrushga bo'lgan hurmatim baland. Mendan oldingi murabbiylar terma jamoada yaxshi faoliyat olib borishgan. Dekabrda terma jamoani qabul qilib oldim. O'z qarashlarimni oldinga surganim aniq, lekin termadagi hamma narsani o'zgartirdim deya olmayman. Keyrushga barcha qilgan mehnati uchun minnatdorchilik bildiraman.

- Eron terma jamoasi himoyasidagi muammolar haqida G'alanoidan ham so'radik. Sizga ham shu savolni bermoqchimiz. Eron termasining himoyasi haqida fikringiz qanday?

Bugungi rejamizga ko'ra, hujumda o'ta tezkor harakat qilishimiz kerak edi. Oldingi chizig'imizda to'rtta tezkor o'yinchi harakat qildi. Ulardan eng xavflisi Akrom Afif. U Eron himoyasiga qanday muammo tug'dirishni yaxshi bilardi. Bunday rejalar bazida yaxshi ishlaydi, bazida esa umuman foyda bermaydi. Bugun omadimiz kelib, barchasi biz o'ylagan tarzda kechdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика