So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  0 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  8 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  7 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  15 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Qatar kundaligi. Vatan shani uchun yo'lga chiqqan "sherlar", koronavirusga topshirilgan test, Buxoroni biladigan taksichi Yangiliklar

Qatar kundaligi. Vatan shani uchun yo'lga chiqqan "sherlar", koronavirusga topshirilgan test, Buxoroni biladigan taksichi

Kecha, 10 sentyabr kuni O'zbekiston chempioni "Paxtakor" OCHL bahslarida qatnashish uchun Qatarga etib keldi.

FOTO  "Paxtakor"ni Qatarga kuzatish jarayonidan GALEREYA

"Championat.asia" xodimlari ham ayni paytda Dohada bo'lib turibmiz va o'quvchilarimiz uchun voqeliklarni bevosita shu erning o'zidan yoritib boramiz. Quyida Qatar kundaligini etiboringizga havola etamiz.

Vatan shani uchun yo'lga chiqqan "sherlar"

CHarter reys Toshkentdan Dohaga qarab 16:00da yo'lga chiqishi kerak edi. Biz esa Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga ertaroq bordik. "Paxtakor"ni kuzatish jarayonidan hamkasblarim Jahongir Fayzullaev va Nig'mon Nozimov tayyorlagan lavhani tomosha qilib ulgurgandirsiz.



Aeroportga kelgan futbolchilarning kayfiyati qay darajada alo ekanligini suratlar ko'rsatib turibdi. Oxirgi o'yinlarda formaga kirib borayotgan "sherlar" safarga final yo'llanmasi uchun yo'l olishdi. CHarterda "Paxtakor" azolaridan tashqari OCHLda ishlaydigan o'zbekistonlik hakamlar Ilgiz Tantashev va SHerzod Qosimov (bosh hakamlar), Abduhamidullo Rasulov, Timur Gaynullin hamda Andrey Capenko (qanot hakamlari)lar ham uchishdi. Oldinroq O'FA matbuot xizmati FIFA instruktori Farhod Abdullaev o'yinlarda hakamlar nazoratchisi sifatida ishlashini elon qilgandi. Ammo, Abdullaev qolganlar bilan birga uchmadi. Bundan tashqari, O'zbekistonda o'tishi lozim bo'lgan U-19 Osiyo chempionati oldidan malaka oshirish va tajriba to'plash maqsadida O'FAdan besh nafar xodim hamda kamina ham charter reys bilan Dohaga uchdik.

"Paxtakor"ning yosh muxlisi Sanjarbek va Javohir Sidiqov.




Koronavirusga topshirilgan test

Oldindan belgilangan vaqtda havoga ko'tarilgan uchoq 4 soatlik parvozdan keyin Doha aeroportiga qo'ndi. SHu erni o'zida tashkilotchilar koronavirusga test olish uchun maxsus joy tayyorlab qo'yishgan ekan. Toshkentdan kelganlarning barchasidan test olindi va uning javobi chiqmaguncha hamma mehmonxonadan chiqmasligi kerak edi. Javoblar esa 6 soat ichida chiqishi kerak edi. Qatar bu narsaga jiddiy etibor qaratyapti va hammasi qatiy tartibda o'tdi. Hamkamlar, O'FA xodimlari va "Paxtakor" vakillari boshqa-boshqa mehmonxonalarga joylashishdi. Ularning hammasi musobaqa yakuniga qadar mehmonxonadan chiqmagan holda izolyaciyada bo'lishadi. Men esa umuman boshqa mehmonxonaga ketdim, shu joyda futbolchilar bilan yo'limiz bo'lindi. Endi ularni o'yindan oldingi matbuot anjumani va o'yinlarda ko'rishamiz. CHunki, CHempionlar ligasida ishtirok etadigan barcha jamoalarning delegaciyasi bellashuvlar yakunigacha mehmonxonadan hech qayoqqa chiqmagan holda izolyaciyaga olinadilar. Futbolchilar mehmonxonadan faqat mashg'ulot va o'yin uchun stadionga chiqishlari mumkin. Bu borada qatiy tartib joriy etilgan.

FOTO  OCHL. "Paxtakor" vakillari koronavirusga test topshirishdi


"Championat.asia" xodimlari esa boshqa mehmonxonaga joylashdik va biz bemalol ko'chaga chiqishimiz, "Paxtakor"dan boshqa jamoalarning o'yinlariga ham borishimiz mumkin. Aeroportda test topshirdik va o'sha erni o'zida Qatar sim kartasini olib "Ehteraz" mobil ilovasini aktivlashtirishimiz lozim edi. CHunki, test javobi aynan o'sha ilovada aks etadi. Yani, manfiy javob chiqsa ilovada sizning ism-familiyangiz turadi va asosiy oynada yashil rangda Dohada necha soat, daqiqa va soniyadan beri bo'lib turganingiz ko'rinib turadi. Istalgan joyga kiraverishda maxsus xodimlar turadi va siz ularga o'sha ilovaning asosiy oynasini ko'rsatasiz, yashil rangdagi yozuv bo'lsa sizni muloyimlik bilan ichkariga taklif etishadi. Test javobi ijobiy chiqsa, ilovadagi yozuvlar qizil rangda porlaydi.


Buxoroni biladigan taksichi

Aeroportda Yodgor ismli o'zbek yigiti bizni qarshi oldi, mehmonxonaga taksi chaqirib berishda ham, sim karta bilan bog'liq muammoni hal etishda ham yordam berdi. SHu joyda o'sha yigitga minnatdorchilik bildirib qolaman, balki o'qib qolar kundalikni. Xullas, Yodgor menga sim kartani aeroportdan emas, mehmonxona atrofidan olishimni maslahat berdi. SHunda arzonroq tusharkan. Aeroportdan tashqariga chiqishingiz bilan sizni juda ham issiq va dim havo qarshi oladi, soat kechki 20:00lar atrofi bo'lishiga qaramay, havo juda dim. Turgan joyingizda ter bosadi. SHu sabab ham OFK o'yinlarni kechki vaqtga qo'ygan.

Meni eltib qo'ygan Junaid ismli taksichi qaerdan ekanligimni so'radi, O'zbekistondan deganimda - Buxara deb javob qaytardi. U Buxoroni bilarkan. Ochig'i, bazida O'zbekiston desang - Pakistan? deb qoladigan taksi haydovchilariga ham uchraganmiz va bu biroz dilni xira qiladi. Junaid esa O'zbekistonnni ham, Buxoroni ham bilishini aytdi. Xullas, mehmonxonaga borganimda u erdagilar ilovani aktivlashtirmay turib qanday qilib yurganimni, mumkin emasligini aytib hayron bo'lishdi. Vaziyatni tushuntirganimdan so'ng xonamga narsalarni qo'ydim va sim karta olish uchun "City Center"ga yo'l oldim. Piyoda ketarkanman yo'lda bir odamdan ko'zlagan manzilimga qanday etib olishim mumkinligi so'radim. U ham aynan o'sha erga ketayotgan ekan. Birga ketamiz dedi. Yo'l-yo'lakay u bilan gaplashib ketdim. O'zini Raf (Rafael) deb tanishtirgan 50 yoshlar atrofidagi erkak kanadalik ekan va Dohada ishlarkan. Men unga Kanadadan futbolchi Alfonso Devisni tanisang kerak, "Bavariya"da o'ynaydi va yaqindagina CHempionlar ligasini yutdi dedim. U esa biroz o'ylanib - yo'q, tanimas ekanman. Bizda Xokkey mashhur, futbolga qiziqish unchalik baland emas. Balki, shuning uchun tanimasam kerak, deb javob qaytardi.

Manzilga etib bordik va ichkariga kirarkanman, maxsus xodimlar "Ehteraz" ilovasini aktivlashtirmaganimni ko'rib juda hayron qolishdi va qanday qilib bu ergacha etib kelding deb so'rashdi. Mehmonxonada ham deyarli shunga o'xshash holatga duch kelganim uchun bu safar osonroq va tezroq tushuntirdim vaziyatni. Ular ham pulni almashtiradigan joy va mobil operatorlar ofislarini ko'rsatib yuborishdi. Yakunda barcha kichik muammolar hal bo'ldi va endi bemalol Doha bo'ylab istalgan joyimga bora olaman)


"Paxtakor" qaysi mehmonxonaga joylashdi va ular bilan yana qaysi jamoalar turibdi?

SHota Arveladze boshchiligidagi "Paxtakor" jamoasi "Dusit D2 Salwa Road Hotel"ga joylashishdi. Endi jamoa o'yinlar yakuniga qadar shu erda bo'ladi. Ushbu mehmonxonada "sherlar"dan tashqari, yana 5 jamoa joy olgan.

"Dusit D2 Salwa Road Hotel"ga joylashgan jamoalar:

"A" guruhi

"Istiqlol" (Eron)

"Al SHorta" (Iroq)

"B" guruhi

"Paxtakor" (O'zbekiston)

"SHahr Xodro" (Eron)

"C" guruhi

"Persepolis" (Eron)

"D" guruhi

"Sepaxon" (Eron)

Ko'rib turganingizdek, OFK Eronning 4, O'zbekiston va Iroqning bittadan klublarini bitta mehmonxonaga joylashtirgan. 4 klub kecha Dohaga etib kelgan, faqat "Persepolis" va "Sepaxon" bugun ushbu mehmonxonaga kelib joylashadi.


Tolibjon Qosimov

Doha, Qatar

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика